Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarning pillachilik sohasidagi bandligini bosqichma-bosqich taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
2025-01-31 10:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Unga ko‘ra, xotin-qizlarni pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitish va ularni sohaga jalb qilishning asosiy parametrlari hamda uni bosqichma-bosqich taʼminlash tizimini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Asosiy parametrlarga muvofiq qisqa muddatli oʻquv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning bandligi ipak qurti urugʻchiligi korxonalari, pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklariga mavsumiy hamda doimiy ishlarga qabul qilish orqali taʼminlanadi.
Xitoy, Vetnam, Hindiston va Yaponiyaning ipakchilik sohasidagi mutaxassislari xotin-qizlarning pillachilik sohasidagi qisqa muddatli oʻquv kurslariga jalb qilinadi.
Pillachilik sohasida band boʻlgan fuqarolarning maʼlumotlari “yangiish.mehnat.uz” platformasiga kiritib boriladi. Shuningdek, ushbu platfroma orqali o‘quv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning doimiy va mavsumiy ishlarga qabul qilinganligi hisobi yuritiladi.