audio

    16+
    “Xorijga ish — mahalladan” yoxud xorijdan qaytganga ish mahallada

       Aytish kerakki, Prezidentimizning yaqinda e’lon qilingan PF-59-son Farmoni bilan xorijda vaqtincha ishlash istagida boʻlgan yurtdoshlarimizni chet davlatlarga tashkiliy, xavfsiz yuborish boʻyicha aniq mexanizmlar belgilab berilgan. 

       Xabar berib borayotganimizdek, shu kunlarda vazirlik ishchi guruhlari hududlarda boʻlib Farmon talablari asosida ishni tashkil qilmoqda.

      Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra'no Turdiboyeva ayni maqsadda Buxoro viloyatida xizmat safarida boʻlib turibdi. 

       Xususan, Kogon tumanidagi Tutkunda MFY da yuqoridagi masalalar bilan tanishdi.  Mahallada 5050 nafar aholi istiqomat qiladi,  311 ta korxona va tashkilotlar bor. Mahalla drayveri issiqxona va xizmat koʼrsatishga moʼljallangan. Hozirda chet elda ishlayotganlar soni 106 nafar, qaytganlar esa 21 nafarni tashkil etadi. 

       Vazir o‘rinbosari mahalla yettiligi va bandlik boʼlimi xodimlari bilan suhbatda chet elda vaqtincha ishlash uchun ketayotgan fuqarolarga mehnat qonunchiligi, til ko'nikmalari haqida tushuncha berish va chet davlatda ishlayotgan va qaytgan fuqarolarni roʼyxatini shakllantirib "Onlayn mahalla" platformasiga joylashtirib borish yuzasidan ko'rsatmalar berdi.

    Shuningdek, Shofirkonda kashtachilik maktabi faollaridan biri, qadim tarixga ega bejirim va xos hunarni davom ettirib kelayotgan Muhabbat Qoʼchqorova xonadoniga borib, tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

       Muhabbat opa ayni kunlarda mehnat migratsiyasidan qaytgan xotin-qizlarga hunar sirlarini oʼrgatib kelmoqda. Muloqotda 100dan ortiq shogird chiqargan mohir kashtadoʼz faoliyatini yanada kengaytirish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha takliflar bildirildi.
    Bugungi kunda viloyat miqyosida migratsiyadan qaytgan xotin-qizlar soni 1415 nafarni tashkil etsa, shundan 63 nafari Shofirkonlik.

       Tumanning Bogʼiafzal, Pashmon, Chuqurak, Hovlipoyon, kabi qishloqlarda ham xorijda ishlab qaytgan ayollar kasanachilik asosida buyurtmalarni tikib, tayyorlab bermoqda.

    • view_icon 71
    : 2024-04-22 11:26:52