Asosiy kontentga o'tish

Bandlik

#Hududlardan_xabarlar_Sirdaryo 

Xotin-qizlar o'rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi оrgаnlаr va keng jamoatchilik bilan hamkorlik 2021-2022 yillarda amalga oshiriladigan kompleks сhоrа-tаdbirlаr dasturidа Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ham topshiriqlar yuklatilgan. 
Tegishli bandlar ijrosi yuzasidan Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

2021yilning yanvar-avgust oylari davomida jazoni ijro etish muassasalaridan 6 nafar xotin-qizlar ozod etilgan. Shundan 3 nafari ABKM tomonidan korxona va tashkilotlarda mavjud bo’sh ish o’rinlariga, 2 nafari haq to’lanadigan jamoat ishlariga, 1 nafari o’z xohishi bilan ishlash istagini rad etdi.

_________________________________________________________________________________________________________________

#Hududlardan_xabarlar_Buxoro

Yuqoridagi chora- tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan mahallalarda huquqbuzarliklar sodir etishga moyil yoki sodir etgan, ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turgan, oila-turmush, axloq-odob doirasida muntazam ravishda huquqbuzarliklar sodir etuvchi va boshka g’ayriijtimoiy xulq-atvorga ega bulgan xotin-qizlar to’g’risida ma’lumotlar shakllantirilib, ish bilan band bo’lmagan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borildi.

2021-yil 7 oyida markazlar tomonidan jazo muassasalaridan ozod qilingan 3 nafar xotin-qizlar ro’yxatga olingan. Ulardan bir nafari keyinchalik Toshkent shahriga kuchib ketgan, 2 nafari norasmiy tarzda mehnat faoliyatini boshlagan. Norasmiy ishlayotgan xotin-qizlarga mehnat munosabatlarini qonuniy rasmiylashtirishlari, tadbirkorlik faoliyatlarini davom ettirishlari uchun imtiyozli kredit mablag’laridan foydalanishlari to’g’risida maslahatlar berildi.

Shuningdek, Narkologiya dispanseri ro’yxatidagi xotin-qizlar bandligini ta’minlash nazoratga olingan. U yerda 2 nafar ayol bo’lib, 1 nafari davlat korxonasida, 1 nafari norasmiy mehnat faoliyati bilan band.
 

_________________________________________________________________________________________________________________

#Hududlardan_xabarlar_Surxondaryo

2021-yilda 23 nafar xotin-qizlar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan bo‘lib, ularning 1 nafari mehnatga layoqatsiz va 22 nafari mehnatga layoqatlilarni tashkil etadi. Mehnatga layoqatli xotin-qizlardan 13 nafarining bandligi ta’minlandi, shundan 5 nafar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari orqali bandligi ta'minlandi. Jumladan 1 nafari korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi, 1 nafari kasbga o‘qitishga yubrildi, 3 nafari jamoat ishiga jalb etildi.

2 nafari mustaqil ravishda korxona va tashkilotlarga joylashgan, 5 nafari norasmiy mehnat faoliyati bilan band, 1 nafari o‘quv kurslarda o‘qiydi, 3 nafari doimiy yashash joyidan ko‘chib ketgan, 6 nafari ishlashni xohlamagan.

Shuningdek, 2021-yil davomida viloyatdagi Aholi bandligiga ko'maklashish markazlari tomonidan 35 ming nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash xizmatlari ko'rsatildi. Jumladan:

Korxona va tashkilotlardagi mavjud vakant (kvota) ish joylariga 9 591 nafar xotin-qizlar joylashtirildi.

5278 nafar ishsiz xotin-qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishsizlik nafaqasi to'lab berildi.

Mehnat bozori hamda bandlik sohasida talab yuqori bo'lgan kasblarga 7569 nafar ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlar kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashga vuborildi. *

Jamoat ishlari jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan jami 11100 nafar xotin-qizlar jamoat ishlariga jalb qilindi.

254 nafar ishsiz xotin-qizlarga shaxsiy tomorqasida yengil tipdagi issiqxona qurilishi uchun, ekin ekishga urug‘lar va ko‘chatlar xarid qilinishi, sug‘orish vositalarini xarid qilish uchun subsidiyalar berildi.

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Xitoy tajribasidan kelib chiqqan holda 7 ta tumanda tashkil etilgan kooperativlarga 669 nafar ishsiz xotin-qizlar kooperativ azoligiga biriktirildi.

Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish maqsadida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan 542 nafar ishsiz xotin-qizlarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlikka o‘qitish va kredit olishda sug‘urta polisi to‘lovi uchun subsidiyalar berildi.

Ish beruvchilarga xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun 35 nafar xotin-qizlarga subsidiya mablag‘lari ajaratilib bandligi ta’minlandi.

Ish beruvchilarga ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan 2 ta korxonaga 2 nafar xotin-qizlar uchun subsidiya ajratildi.

1 ta tadbirkoiiik subyektiga 15 nafar ish o‘rinlari va sharoitlarini nogironligi bo'lgan xotin-qizlarga moslashtirganligi uchun subsidiya ajratilganligini ma'lum qilamiz.

2022-yil yanvar oyi davomida viloyatdagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan 2235 nafar fuqarolar (shundan, 1261 nafar xotin-qizlar va 897 nafar yoshlar) bandligini ta'minlash xizmatlari ko‘rsatildi. Jumladan:

Korxona va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh (kvota) ish joylariga 859 nafar fuqarolar (shundan, 417 nafar xotin-qizlar va 335 nafar yoshlar) joylashtirildi.

Mehnat bozori hamda bandlik sohasida talab yuqori bo'lgan kasblarga 542 nafar ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar (shundan, 395 nafar xotin-qiziar va 335 nafar yoshlar) kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashga yuborildi.

Jamoat ishlari jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan jami 834 nafar fuqarolar (shundan, 449 nafar xotin-qizlar va 227 nafar yoshlar) jamoat ishlariga jalb qilindi.

Shuningdek, 2022-yil yanvar oyi davomida 21 nafar (shundan 2 nafar yoshiar) fuqarolar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan bo‘lib, ularning 1 nafari mehnatga layoqatsiz va 20 nafari (shundan 2 nafar yoshlar) mehnatga layoqatlilarni tashkil etadi. Mehnatga layoqatli fuqarolardan 15 nafarining (shundan 1 nafaryoshlar) banligi ta'minlangan, shundan 1 nafar aholi bandligiga ko'maklashish markazlari orqali ishga ioylashtirilgan, 6 nafari (shundan 1 nafar yoshlar) mustaqil ravishda korxona va tashkilotlarga joylashgan, 8 nafari norasmiy mehnat faoliyati bilan band, 5 nafari ishlashni xohlamagan.

Joriy yilning yanvar oyi davomida Bandlik bosh boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, tuman (shahar) hokimliklari hamda sektor rahbarlari, Mudofaa bo'limlari hamkorligida Aholi bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan ishsiz va band bo‘lmagan aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish maqsadida viloyat bo'yicha jami 17 ta mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

O'tkazilgan mehnat yarmarkalarida 799 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi 6806 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashgan. Yarmarkaga 709 nafar fuqarolar (shundan 370 nafar xotin-qizlar va 234 nafar yoshlar) jalb qilindi.

Mazkur jalb qilingan fuqarolarning 131 nafari (shundan 69 nafar xotin-qizlar va 57 nafar yoshlar) turli korxona va tashkilotlarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi va ishga joylashtirildi, 225 nafari (shundan /34 nafar xotin-qizlar va 52 nafar yoshlar) haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, 68 nafari (shundan 56 nafar xotin-qizlar va 40 nafar yoshlar) mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish uchun qisqa muddatli kurslarga jalb etildi.

Yarmarkalarda qatnashgan 285 nafar fuqarolarga (shundan 111 nafar xotin-qizlar va 85 nafar yoshlar) O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonun hamda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan bandlik xizmatlari to‘g‘risida tushuntirishlar va maslahatlar berildi.

11993

Oxirgi yangilanish: 2023-03-01 21:05:15