Qorovulbozor: G‘alladan bo‘shagan maydonlarda kungaboqar yetishtirilmoqda
2024-09-19 16:15:00 / Yangiliklar
Qorovulbozor tumani “Bo‘zachi” mahallasi hududidagi “Amir Amon” fermer xo‘jaligi g‘alladan bo‘shagan 24 gektar maydonda kungaboqar urug‘ini qadab, moyli kungaboqar yetishtirmoqda.
![Qorovulbozor: G‘alladan bo‘shagan maydonlarda kungaboqar yetishtirilmoqda](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F308bb9ad-e08e-424c-4399-895f15e50afc_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Kungaboqardan o‘rtacha hisobda 35-40 sentner hosil olish rejalashtirilgan.
Quvonarli jihati shundaki, yetishtirilayotgan kungaboqar mahsulotlari shu yerning o‘zida qayta ishlanmoqda.
Ushbu fermer xo‘jaligiga qarashli yog‘ ishlab chiqarish korxonasi “Asl hayot” brendi ostida mahsulot ishlab chiqarmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 3 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 800 mln so‘mi "Turonbank"ning imtiyozli krediti asosida moliyalashtirilgan. Hozirda mazkur sexda 10 ortiq ishchi xodimlar faoliyat yuritmoqda.