O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik U.Abdullaeva Bo‘zatov tumani "Qusxanatov" OFY mahalla yettiligi bilan uchrashdi.
2025-06-21 01:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik U.Abdullaeva Bo‘zatov tumani "Qusxanatov" OFY mahalla yettiligi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvar kungi "2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi faoliyatini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarorida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha "Qusxanatov" OFY hududida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
O‘tkazilgan uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik H.Reymkulova, Bo‘zatov tumani IIB boshlig‘i polkovnik U.Kurbanbaeva, Bo‘zatov tumani hokimining o‘rinbosari A.Xojageldieva hamda mahalla yettiligi, shuningdek, tuman IIB xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mahalla yettiligi va tuman IIB xodimlariga qarorning mazmun-mohiyati keng tarzda tushuntirilib, kelgusida qilinadigan ishlar belgilab berildi. Shundan so‘ng, mahalla yettiligi bilan yo‘l xaritasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha muhokama qilindi.
Kanalǵa aǵza bolıw:https://t.me/bozataw_uz









