"Kamalak" oromgohi tarbiyalanuvchilari taniqli sportchilar bilan uchrashdilar
2025-06-24 10:45:00 / Yangiliklar

Bektemir tumanidagi 347-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Dolzarb 90 kun" (https://t.me/bektemirhokimligi/46335) loyihasi doirasida tashkil etilgan "Kamalak" yozgi oromgohida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🎙 Tadbir doirasida oromgoh tarbiyalanuvchilari uchun taniqli sportchilar ishtirokida ochiq muloqot va davra suhbati tashkil etildi. Suhbat chog‘ida mehmonlar o‘zlarining sportdagi faoliyati, yutuqlari va bu yo‘lda erishilgan marralar haqida so‘z yuritib, o‘quvchilarga sog‘lom turmush tarzi haqida qimmatli tavsiyalar berishdi.
✔ Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi — yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda iroda, qat’iyat va jismoniy faollikni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
💬 Tadbir yakunida bolalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan sportchilarga murojaat qilishdi hamda esdalik uchun suratga tushishdi.
🪐 Mazkur tashabbus orqali yoshlarda sportga bo‘lgan mehrni kuchaytirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladigan muhit yaratish maqsad qilingan.






