Bandixon tumanida go'zaga ishlov berishda defoliatsiya ishlari boshlab yuborildi
2025-07-29 10:30:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda Bandixon tumanida fermer xo‘jaliklari tomonidan g‘o‘zaning hosildorligini oshirish maqsadida bir qator agrotexnik tadbirlar hamda g‘o‘za parvarishi jarayonlari va hosildorlikni oshirish bo'yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Paxta xomashyosini yetishtirishda yangi navlar va ilg‘or agrotexnologiyalarni qo‘llash orqali yuqori hosil olish maqsad qilingan.
Xususan bugun Bandixon tumani Zafarobod hududidagi "Oltin kuz qiziriq" fermer xo'jaligi paxta maydonida tuman hokimi Abdumalik Allamuradov hamda tegishli mutaxassislar ishtirokida defoliatsiya ishlari boshlab yuborildi. Bunda ishlar g‘o‘za defoliatsiyasining belgilangan muddatlarda va sifatli o‘tkazilishi hamda defoliantlarni ishlatish normalari va tavsiyalariga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etildi. G'o'zaga agrokimyo mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi "Ifoda" kompaniyasining "Ento-defol 540 5C" kimyoviy o'g'iti gektariga 150 grammdan foydalanilmoqda.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati








