PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
2025-05-30 10:25:00 / Press-relizlar

Bandixon tuman politexnikumida «Yoshlarni dual ta’lim bilan qamrab olish hamda yoshlarning kasb-hunar o‘rganishi uchun yaratilgan sharoitlar» mavzusiga bag‘ishlangan «Press-tur» tashkil etildi.
Bandixon tuman politexnikumda ham mavjud—tikuvchilik, traktor mashinisti, issiqxona va qishloq xo‘jaligi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, suv tizimlaridan foydalanish va montaj qilish ustasi kabi guruhlarda amaliyot va nazariyaning uyg‘unligini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasasi va korxonalar o‘rtasida hamkorlik shartnomalari tuzilgan.
—Qo‘sh ta’lim ya’ni dual ta’lim tizimida, avvalo o‘quvchida amaliy ko‘nikmalar rivojlanadi. O‘quvchilardagi nazariy bilimlar amaliy tajriba bilan uyg‘unlashadi- deydi Bandixon tuman politexnikumi direktori Sh. Choriyev.
Haqiqatdan ham tadbirda ishtirok etgan jurnalistlar, jamoatchilik vakillari muassasa talabalarining bevosita amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘layotganliklari bilan tanishishdi.
«Bandixon agroklaster» MCHJ, «KHILAL VORTEX BANDIXON» korxonasida, “Omad” fermer xo‘jaliklarida bevosita kasb ko‘nikmalarini amaliy jihatdan mustahkamlayotgan o‘quvchilar faoliyatidan ibrat olsa arziydi.
Dastlab tashrif buyurgan «KHILAL VORTEX BANDIXON» korxonasida amaliyot o‘tayotgan o‘quvchi qizlar barcha sharoit yaratib berilgani va haftasigan uch kun o‘taydigan amaliyot va faoliyatlari uchun ish hajmiga qarab 1500 000 so'mgacha ish haqi olayotganlari haqida mamnun gapirishdi.
Korxonalar vakillarining aytishicha, ushbu tizim o‘quvchilarning malakasi va kasb mahoratini, ham mehnatni tashkil etish samaradorligini oshirmoqda ekan.
«Bandixon agroklaster» MCHJ da ham, “Omad” fermer xo‘jaligida ham yoshlar uchun dual ta’lim erta mustaqil bo‘lish va katta hayotga moslashish uchun ajoyib imkoniyat berayotganining guvohi bo‘ldik.
Xulosa qilib aytish mumkinki, dual ta’lim tizimi o‘quvchilarniing o‘qishni tamomlagandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z kasbining amaliy ustasi bo‘lishlarida zarur imkoniyatdir.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









