“Obod qishloq – obod mahalla” – Gulbahorda amaliy natijalar ko‘zga tashlanmoqda
2025-04-19 17:00:00 / Yangiliklar

Joriy ishlar bilan tanishish va ularning samaradorligini oshirish maqsadida Arnasoy tuman hokimi Odil Musanov Do‘stlik mahallasiga tashrif buyurdi. U yerda amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganilib, mas’ullarga ishni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, har bir qurilish va obodonlashtirish ishlarida aholining fikri va takliflari inobatga olinishi zarurligi ta’kidlandi.
Mahalla aholisi tomonidan ham ushbu ishlar yuzasidan ijobiy fikrlar bildirilmoqda. Ular, ayniqsa, yoshlar va keksalar uchun yaratilayotgan qulayliklardan minnatdor ekanliklarini aytishmoqda.
“Obod qishloq – obod mahalla” dasturi fuqarolarning turmush darajasini yanada yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, uning samarasi Do‘stlik mahallasi misolida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati




