Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar xizmatlari
Qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsiyalari tizimi (AKIS) qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsiyalarini samarali almashish va qo‘llashni rag‘batlantirish uchun fermerlar, maslahat xizmatlari, tadqiqot institutlari va boshqa muhim manfaatdor tomonlarni bog‘laydigan muhim tizimdir.
Ushbu tarmoq ichida hamkorlik va aloqani rivojlantirish orqali AKIS O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining unumdorligi va barqarorligini oshirish, innovatsiyalar mahalliy ehtiyojlarga moslashtirilgan va sohada ishlayotganlar uchun ochiq bo‘lishini ta’minlashni maqsad qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-fevraldagi PF-6159-son qarori bilan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligida bilimlar va innovatsiyalar milliy markazi tashkil etilgan. Markazning asosiy vazifasi fan, ta’lim va maslahat xizmatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdan iborat.
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan ASK Facility Milliy markazni institutsional rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun muhim texnik yordam ko‘rsatib, uning qishloq xo‘jaligi innovatsiyalari va bilimlarni butun O‘zbekiston bo‘ylab tarqatilishida hal qiluvchi rol o‘ynashini ta’minladi.
