Shaftolining Anjir shaftoli navi
2025-04-11 09:30:00 / Yangiliklar
Nav Akademik M.Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasida yaratilgan. 1959-yildan Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona, 1967-yildan Qashqadaryo, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha davlat reyestriga kiritilgan.

Nav o‘rtapishar bo‘lib, mevasi iyul oyining uchinchi o‘n kunligida pishadi.
Shaftoli daraxtining bo‘yi baland, keng, shox-shabbasi qalin, ko‘chati ekilgandan so‘ng uchinchi yili hosilga kiradi.
Shaftoli mevasi dumaloq (shaybasimon), och sarg‘ish bo‘lib, butun yuzasi bo‘ylab qizil g‘ubori bor. Mevasining o‘rtacha vazni – 140 gramm. Eti och yashil, mayin, xushbo‘y, sershira, shirin.
1 gektar maydondan hosildorligi – 126,1 sentner bo‘lsa, qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich – 213,5 sentnerni tashkil etadi.


