Navoiy: kishi tadbirli bo‘lsa, ko‘zlagan maqsadiga albatta erishadi
2024-06-26 09:00:00 / Yangiliklar
Tashrifning ilk lokatsiyasi bo‘yicha Xatirchi tumani "Orzu" fermer xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
13 gektar maydonni egallagan hududda yangicha yondashuv va yangi texnologiya asosida Xitoyning “Xin Lu Zao 52” navi 90 sxemada yakka qilib ekilgan.
Bu yerdagi olib borilayotgan ishlar qoniqarli darajada emas. Sababi, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida bajarilmagan, chigit ekish texnologiyalariga ham amal qilinmagan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalanish ham aytarli darajada emas. Vazirning e’tiroziga sabab bo‘lgan jihat ham ayni shu.
Vazir o‘z navbatida, qator oralari begona o‘tlardan tozalash, ilmiy yondashuv asosida samarali ish olib borish, shuningdek, 90 sxema emas, balki 76 sxemada, qo‘shqator qilib, plyonka ostiga ekish maqsadga muvofiqligini, bunda eng asosiysi ilmiy yondashuv muhim ekani ta’kidlandi. Shuningdek, vegetatsiya jarayoni bilan yaqindan tanishar ekan, ilmiy yondashuv asosida ilg‘or va zamonaviy qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini ishlab chiqish, vegetatsiya davrida alohida nazorat olib borish ularning aprobatsiyasini to‘g‘ri va o‘z muddatida o‘tkazish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi.
To‘g‘ri, hali bu yerda qilinadigan ishlar yetarlicha, biroq agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi kutilgan natijasini berishi bor gap.
Binobarin, viloyat agrar soha vakillari ishni to‘gri tashkil etmagani, faqat qog‘ozda emas, amaliyotda ham aniq raqamlar asosida ishni tashkil etish, shuningdek, viloyat agrar tarmog‘i rivoji yo‘lida hissa qo‘shish yo‘lida mas’uliyat bilan ish olib borishi lozimligi qayd etildi.
Shundan so‘ng, yondosh hududda joylashgan g‘alla maydoni ko‘zdan kechirildi. 7 gektar maydonda bug‘doyning “Alekseyevich” navi ekilgan bo‘lib, bu bug‘doy doni bo‘liq-bo‘liq shaklda bo‘ladi va ayni paytda bug‘doy dalasida g‘alla o‘rim-yig‘imi uyushqoqlik boshlash arafasida. Agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilgani bois, gektaridan 80 sentner hosil olish ko‘zda tutilgan.
Bugun, qishloq xo‘jaligida islohotlar jadallik bilan amalga oshirilayotgani bor gap. Ayni hududning o‘zida yetishtirilayotgan mahsulotlarni ham peshma-pesh va marrasiga oshirish maqsad qilingan. Bunga albatta barcha imkoniyatlar yetarli, ilm, bilim va innovatsiya viloyatda yetishtirilayotgan mahsulotlar sifatini yangi bosqichga yetishtirish va unumdorligini oshirishga qaratilgan.
Zero, hosildorlikni oshirish orqali oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish, uning xavfsizligini ta’minlash, eksport geografiyasini kengaytirish – xalqimizning turmush sharoitini oshirish imkonini beradi.