Bojxona nazorati

Bojxona hududining bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tashkil qilinadigan, maxsus ajratib va belgilab qo‘yilgan qismi bojxona nazorati zonasidir.
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari vakolatli shaxsdan yoki tashuvchidan tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasidan va bojxona nazorati zonasi doirasidan bojxona nazorati zonasi rejimiga muvofiq olib o‘tishni talab qilish huquqiga ega. Bojxona organi mansabdor shaxslarining vakolatlari doirasidagi farmoyishlari tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazorati zonasining chegarasi orqali va uning doirasida olib o‘tayotgan barcha shaxslar uchun majburiydir.
Bojxona nazorati zonasi rejimiga rioya etilishini nazorat qilish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari taqdim etilgan, bojxona maqsadlari uchun ahamiyatga molik hujjatlarni tekshiradi.
Zarur hollarda, bojxona nazorati amalga oshirilayotganda, shu jumladan texnik vositalarni qo‘llagan holda amalga oshirilayotganda muayyan harakatlarni bajarishda ishtirok etish va ko‘maklashish uchun maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega, manfaatdorligi bo‘lmagan mutaxassis yoki ekspert jalb qilinishi mumkin.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi
- O‘zbekiston Respublikasining "Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida"gi Qonuni
- Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 912-son. 18.11.2019-y.