Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida

Tabiiy erkinlik holatida yashayotgan yovvoyi hayvonlarni (ularning yashash faoliyati mahsulotlarini) tutish maqsadida ularni izlash, ularning iziga tushish va ularni ta’qib qilish, tutishga urinish yoki tutish (otish, tutib olish) ov qilishdir.
Ovchilik xo‘jaliklari qo‘riqlash xodimlarining o‘z lavozim majburiyatlarini bajarayotganda xizmat quroli bilan ovchilik xo‘jaliklari hududida bo‘lishi ov qilish hisoblanmaydi.
- O‘zbekiston Respublikasi hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq to‘lash asosida amalga oshiriladi.
- To‘lovlar yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada ko‘rsatilgan har bir yovvoyi hayvon uchun kiritiladi. To‘lovlar mazkur ruxsatnomalar berilayotganda kiritiladi.
Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun to‘lovlar miqdorlari.
Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari tomonidan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir tasdiqlangan kvotalarga muvofiq, ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov kiritilganidan keyin beriladi.