Hayotiy misollar
Javob: Xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga haqli emas. Shu sababli, bunday da’vo arizasini qabul qilish sud tomonidan rad qilinadi.
Javob: Boladan alohida yashayotgan ota bola bilan ko‘rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta’lim olishi masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega.
K. ismli shaxs sobiq xotini bilan o‘zining otalik huquqlarini amalga oshirish, shu jumladan farzandlari bilan ko‘rishish tartibi to‘g‘risida yozma ravishda kelishuv tuzishi mumkin. Agar ular kelisha olmasalar, nizo fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi.
Javob: Qonunchilikka ko‘ra, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani o‘z bolasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Shu sababli, T. ismli shaxs garchi u otalik huquqidan mahrum qilingan bo‘lsada, farzandiga nisbatan moddiy ta’minot berish majburiyatiga ega.
Javob: Ota-onasi yo‘q bo‘lgan yoki ulardan ta’minot ololmaydigan voyaga etmagan nevaralariga ta’minot berish majburiyati sud tomonidan etarli mablag‘ga ega bo‘lgan bobo va buvi zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Javob: Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganida to‘yni o‘tkazishga ketgan sarf-xarajatlarni undirish haqidagi talablar qanoatlantirilmaydi.