Bank siri

Uchinchi shaxslar - bank, uning mijozi (vakili) va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tashqari boshqa barcha shaxslar uchinchi shaxslar hisoblanadi.
►Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni mijozning (vakilning) merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislariga taqdim etish:
- Mijoz (vakil) to‘g‘risidagi, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar uning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislariga, agar ularning o‘zi yoki ular vakolat bergan vakillar qonun hujjatlariga muvofiq meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlarni taqdim etsalar, bank tomonidan taqdim etiladi.
- Meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlamaydigan hujjatlar olingan taqdirda, bank murojaat qilgan shaxsni u so‘ragan ma’lumotlarni taqdim etish imkoniyati yo‘qligi xususida uch ish kuni ichida yozma ravishda xabardor qilishi shart, shuningdek qo‘shimcha hujjatlar taqdim etishni talab qilishga yoki murojaat etgan shaxsning meros huquqini yoxud huquqiy vorisligini tasdiqlab berish to‘g‘risidagi yozma so‘rovni tegishli notariusga yoki yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga yuborishga haqli. Meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, bank murojaat etgan shaxsga besh ish kuni ichida tegishli mijoz (vakil) to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni berishi va barcha hujjatlarni taqdim etishi shart.