Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish

Transport vositalaridan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug‘urta ob’ektidir.
Sug‘urta qilish mazkur faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan maxsus yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Sug‘urta tashkiloti transport vositasi egasining o‘zi tomonidan tanlanadi
Prezidentning «Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 291-moddasiga o‘zgartirishi kiritish taklifi berilgan edi. Senat o‘zgartishni ma’qulladi.
Unga ko‘ra, qonun kuchga kirgach, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilar transport vositalarini boshqarganda ularning avtotransport vositalarini ushlab turish (jarima maydonchasiga qo‘yish) tartibi bekor qilinadi.