Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish)

Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1 yanvargacha fuqarolarga berilgan fan doktori va nomzodi diplomlari, professor, dotsent va katta ilmiy xodim shahodatnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqiy hisoblanadi.
Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1 yanvardan keyin O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga fan doktori va nomzodi ilmiy darajalari berilgani haqidagi hujjatlar, shuningdek, xorijiy davlatlarda falsafa doktori (PhD) va unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar olinganligi haqidagi hujjatlar, Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan nostrifikatsiyalanadi (qayta attestatsiyadan o‘tkazish asosida tenglashtiriladi).
Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi.
Xizmat uchun to‘lov: BHMning 1 baravari.
Muddat: 1 oy ichida.