Selektsiya yutuqlari uchun patent berish

Selektsiya yutuqlari
Selektsiya yutuqlari, hayvon zotining ta’rifi va o‘simlik navining ta’rifiga Agentlik tomonidan ro‘yxatga olinib patent (guvohnoma) berilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik, shuningdek muallif(lar)ning yoki o‘zga huquq egasining shaxsiy va mulkiy huquqlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq himoya qilinadi.
Davlat boji:
selektsiya yutuqlariga patent berish yuzasidan talabnomalar berish va rasman ekspertiza o‘tkazish uchun - BHMning 1 baravari.
Selektsiya yutug‘iga huquqiy muhofaza berish shartlari:
Selektsiya yutug‘i yangilik, farqlanish, turdoshlik va barqarorlik mezonlariga javob bersa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Rasmiy ekspertiza:
Talabnoma topshirilgan sanadan boshlab 2 oy o‘tgandan keyin Agentlik tomonidan o‘tkaziladi.
Patent berish:
Patent berishni selektsiya yutug‘i ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilingan sanadan e’tiboran 10 ish kuni o‘tgach amalga oshiradi.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
- O‘zbekiston Respublikasining «Selektsiya yutuqlari to‘g‘risida»gi Qonuni
- O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 395-II-son «Selektsiya yutuqlari to‘g‘risida»gi Qonuni
- Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2017-yil 6-noyabrdagi 26-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Selektsiya yutug‘i patentining amal qilishini tiklash Qoidalari»
- O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2014-yil 16-iyundagi 155-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Naslchilik sohasida selektsiya, biotexnologiya va irsiyat-muhandislik usullarini qo‘llanish shartlarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizom»
- «Selektsiya yutug‘iga O‘zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalari» (ro‘yxat raqami 1793, 16.04.2008-y.)
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2005-yil 11-maydagi 48-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Qoidalari
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 30 dekabrdagi 62-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Selektsiya yutug‘iga O‘zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish Qoidalari»