Barkamol avlod markazlari

“Barkamol avlod” markazlari ko‘p tarmoqli bo‘lib, u faoliyat yuritadigan hududning xususiyati, o‘quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlariga ko‘ra ularning ijodiy imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan texnik, badiiy ijodiyot, o‘lkashunoslik va ekologiya yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan holda faoliyat ko‘rsatadi.
Markaz 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ularning har tomonlama kamol topishlari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Markaz alohida binoda yoki umumta’lim maktablari binolarining alohida o‘quv bloklarida alohida kirish joyi bilan ta’minlangan va maktabdagi o‘qish jarayoniga xalaqit bermaydigan holda tashkil qilinadi hamda mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatadi.
Markazda texnik, badiiy ijodiyot, o‘lkashunoslik va ekologiya yo‘nalishlaridagi to‘garaklar tashkil etiladi. Markazda o‘qish istagini bildirgan bolalar ularning ota-onalari bilan tuzilgan shartnomaga asosan qabul qilinadi.