Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalarini xususiylashitirish

Er uchastkasi — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan er uchastkasi.
Er uchastkasini xususiylashtirish — ommaviy mulk bo‘lgan er uchastkasini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar mulkiga o‘tkazish.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar er uchastkalarini xususiylashtirish sub’ektlaridir.
Chet ellik fuqarolar va O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar er uchastkalarini xususiylashtirish sub’ektlari bo‘lmaydi.
Ariza er uchastkasi joylashgan erdagi tuman (shahar) hokimining nomiga davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.
- Er uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya ariza olingan kundan e’tiboran 10 ish kuni ichida uni ko‘rib chiqadi va Er uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir ma’muriy reglamentga muvofiq o‘z ijobiy yoki salbiy xulosasini tuzadi.
- Er uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning xulosasi tuman (shahar) hokimining er uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi yoki ularni xususiylashtirishni rad etish haqidagi tegishli qarorini qabul qilish uchun asos bo‘ladi.
Er uchastkalarini xususiylashtirishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.