Qoraqalpog‘iston Respublikasida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi muddati vaqticha to'xtatildi
2024-11-22 15:35:00 / Vazirlik e'lonlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 15-noyabr kungi 17-son majlis qarori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 18-noyabrdagi buyrug‘i bilan 18-noyabr kunidan e’tiboran Nukus shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius D.Xalmuratov (L-664225, 29.05.2023)ning malaka komissiyasi tomonidan notarius litsenziyasi amal qilishini tugatish bo‘yicha ma’muriy sudga ariza kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinishiga qadar, adliya vazirining buyrug‘i bilan notarius litsenziyasining amal qilishi sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turilganligi ma’lum qilinadi.