Surxondaryo viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 8-nafar notarius litsenziyasining amal qilishi muddati vaqticha to'xtatildi
2024-11-22 15:15:00 / Vazirlik e'lonlari
O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning 152 -moddasiga muvofiq va Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 15-noyabrdagi 4-son majlis bayoniga hamda adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2024-yil 18-noyabrdagi 211-um-son buyrug‘iga asosan:
- Denov tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Boboxonov Fazliddin Abdurasul o‘g‘linining litsenziyasini amal qilishini 2024-yil 1-dekabr kunidan 1 oy muddatga;
- Qumqo‘rg‘on tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Saitmurodov Abdimurod Erkinovichning litsenziyasini amal qilishini 2024-yil 20-noyabr kunidan 3 oy muddatga;
- Sho‘rchi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Pardayev Jamshid Saparovichni litsenziyasining amal qilishini 2024-yil 16-dekabr kunidan 15 kun muddatga;
- Denov tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Sanayev Jaxongir Shermaxmadovichning litsenziyasini amal qilishini 2024-yil 20-noyabr kunidan 15 kun muddatga;
- Angor tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Karimov Umid Zoirovichning litsenziyasini amal qilishini 2024-yil 20-noyabr kunidan 15 kun muddatga;
- Sho‘rchi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Bazarov Yusuf Yodgorovichning litsenziyasini amal qilishini 2024-yil 1-dekabr kunidan 6 oy muddatga;
- Oltinsoy tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius O‘rozov Abduvoxid Norboyevichning litsenziyasini amal qilishini 2024-yil 1-dekabr kunidan 6 oy muddatga;
- Termiz shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Sultonmurodov Sardor Primqulovichning litsenziyasini amal qilishini 2024-yil 20-noyabr kunidan 15 kun muddatga to‘xtatilganligima’lumqilinadi.