Adliya organlarida “Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi
2024-11-19 16:20:00 / Vazirlik yangiliklari
Konstitutsiya xalqimiz xohish-irodasini ifoda etgan xalqchil hujjat. Unda belgilangan har bir modda inson shaʼni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari taʼminlanishi kafolatidir. Shuning uchun konstitutsion savodxonlik muhim ahamiyatga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan barcha davlat xizmatlari markazlarida “Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi.
Adliya organlariga tashrif buyurgan fuqarolar burchakdan oʻrin olgan qisqa axborot flayerlari, huquqiy adabiyotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya bilan tanishishi, mutaxassislardan bu borada oʻzlarini qiziqtirgan savollariga, balki, huquqiy masalalarda javob olishi mumkin.
Suratda Qoʻshrabot tuman DXMdagi “Konstitutsiya burchagi”.