Asosiy kontentga o'tish

Toshkent davlat yuridik universitetida masofaviy ta’limni tashkil etilishi to‘g‘risida aqshning nufuzli ilmiy jurnalida maqola chop etildi

2024-06-04 11:10:00 / Vazirlik yangiliklari

AQShning Boston kolleji Huquq maktabi professori Joan Blumning “O‘zbekiston va AQShda yuridik masofaviy ta’lim jarayonida talabalar faolligini ta’minlash masalalari” mavzusidagi maqolasi Journal of Legal Education nomli nufuzli xalqaro ilmiy jurnalda chop etildi.  

Ma’lumot uchun: Jurnal of Legal Education (ISSN 0022-2208) Amerika huquq maktablari assotsiatsiyasining nashri bo‘lib, “Scopus” ma’lumotlar bazasida indeksatsiyalanadi. Jurnalning asosiy maqsadi yuridik ta’lim va unga aloqador masalalar, shu jumladan, yuridik kasb, huquq nazariyasi va yuridik fanlar bo‘yicha boy g‘oyalar va ma’lumotlar almashinuvini ta’minlashdir.

Maqola muallifi Joan Blum AQSHning Harvard universitetini (1975) va Kolumbiya Huquq maktabini (1978) tamomlagan. U 2017 yildan beri Toshkent davlat yuridik universiteti bilan turli dasturlar doirasida hamkorlik qilib keladi.

Maqolada muallif tomonidan, pandemiya davrida qisqa muddat ichida TDYUda masofaviy ta’limni tashkil etishdagi ijobiy tomonlar tahlil etilgan. Xususan, muallif tomonidan AQSH huquq fani oʻqituvchilari Toshkent davlat yuridik universitetidan virtual darslarning o‘tishdagi qiyinchiliklarni hisobga olgan holda, internetdan foydalanishda bir xilda imkoniyati bo‘lmagan talabalar uchun o‘qish sharoitlarining eng samarali texlonogiyalarni qo‘llashda o‘rnak olishlari mumkinligi ta’kidlangan. J.Blum maqolaning chop etilishiga 4 yil vaqt sarflagan.

Ushbu maqola raqamlashtirish sharoitida har ikki mamlakatning yuridik kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari uchun manfaatlidir.

Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

https://jle.aals.org/home/vol72/iss1/8/?utm_source=email&utm_medium=informz&utm_campaign=Journal%20Legal%20Education 

638

Oxirgi yangilanish: 2024-06-15 14:00:54