Asosiy kontentga o'tish

Huquq va Qonunchilik

Tashkulov Akbar Djurabayevich

Tashkulov Akbar Djurabayevich

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholining huquqiy madaniyatini oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini targ‘ib etish bo‘yicha adliya organlari tomonidan 520 mingga yaqin huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. 

Qabul qilingan har bir muhim qonun hujjati bo‘yicha targ‘ibot materiallari to‘plami (infografika, slayd, annotasiya, rolik) tayyorlanib, sohaga mas'ul bo‘lgan vazirlik va idoralarga hamda hududlarga yuborish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Qonun hujjatlarini sodda tarzda tushuntirish bo‘yicha tayyorlangan videoroliklar mahalliy va markaziy telekanallarda muntazam berib borilyapti. 

Internet tarmog‘ida aholining huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirishga qaratilgan, moddiy ahvolidan qat'i nazar, barcha aholi qatlamini bepul huquqiy maslahat bilan ta'minlashni nazarda tutuvchi 5 ta huquqiy portal ishlab chiqildi. Tadbirkorlar uchun bepul huquqiy ma'lumot va maslahat oladigan “Advice for business” yuridik portali ishga tushdi. Bu tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan, ya'ni korxonani ro‘yxatdan o‘tkazishdan tortib toki uni tugatishgacha bo‘lgan barcha zarur ma'lumotlarni taqdim etuvchi maxsus interfaol portal hisoblanadi. Mazkur tizim orqali tadbirkorlar o‘z faoliyatining har qanday bosqichida duch kelayotgan masalasi yuzasidan tezkor ravishda bepul huquqiy maslahat va ma'lumotlar olish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish maqsadida “Madad” nodavlat tashkiloti va uning hududiy byurolari tashkil qilindi. 60 ta tuman (shahar)da faoliyat olib borayotgan “Madad” byurolari tomonidan 12 mingga yaqin savollarga bevosita javob berilgan bo‘lsa, “Advice.uz” huquqiy axborot portali orqali 60 mingdan ortiq savollarga onlayn rejimda javob berildi.

Imkoniyati cheklangan, ko‘zi ojiz shaxslarga o‘z huquqlarini tushuntirishda ularga qulay bo‘lgan usuldan foydalanildi. Xalqaro tashkilotlarning grant mablag‘larini jalb qilgan holda ko‘zi ojizlar uchun brayl alifbosida “Ko‘zi ojiz shaxslarning huquqlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami” tayyorlandi. To‘plam 2 jilddan iborat, 2 ming adadda (jami 4 ming kitob) nashr etilgan va unda ko‘zi ojiz shaxslarning huquqlariga oid 29 ta qonun hujjatlaridagi normalar jamlangan. 

Pandemiya paytida fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va ularga huquqiy tushuntirishlar berishning zamonaviy tizimlari yaratildi. Xususan, fuqarolarning huquqiy maslahatga bo‘lgan ehtiyojini masofaviy tarzda qondirish maqsadida telegram messenjerida botlar ochilib, ular orqali fuqarolarning masofadan turib yo‘llagan savollariga huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berib borildi.

 

Sud hokimiyati va uning tizimi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish printsipini joriy etdi.

Sudning vazifalari — O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishga da’vat etilgan. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.

Sud tizimi

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
  • harbiy sudlar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudi
  • fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari;
  • jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari;
  • tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari;
  • tumanlararo ma’muriy sudlari faoliyat ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi sudlari interaktiv xaritasi

Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toshkent shahar
Toshkent viloyati
Farg‘ona viloyati
Xorazm viloyati
Qashqadaryo viloyati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 

24239

Oxirgi yangilanish: 2024-02-01 12:53:04