Iqtisodiyot va Moliya
Kuchkarov Djamshid Anvarovich
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri
Kudbiyev Sherzod Davlyatovich
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Raisi
2022-yil murakkab bo‘lganiga qaramay, iqtisodiyotda ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi. Xususan, 2022-yilda yalpi ichki mahsulot hajmi 5 foizdan yuqori sur’atda oshgan. Eksport hajmi 14 foiz o‘sib, 19 milliard dollarni tashkil etgan. Yurtimizdagi tizimli islohotlar tufayli investitsiyalar hajmi YAIMning 30 foizidan ortiq darajaga yetdi. 2022-yilning o‘zida O‘zbekiston iqtisodiyotiga 8 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.
Ma’lumki, inflyatsiya faqatgina makroiqtisodiy ko‘rsatkich emas, aholi daromadi va turmush tarziga ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. 2022-yil yakuni bilan yurtimizda inflyatsiya 12,3 foizni tashkil etgan edi. Barcha iqtisodiy mexanizmlarni qo‘llab, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 10 foizdan pastga tushirish maqsad qilinmoqda. Aholi daromadlarini oshirishda ularning bo‘sh pul mablag‘larini moliya bozoriga jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Bu borada yaratilayotgan qulayliklar o‘z natijasini bermoqda. Jumladan, oxirgi uch yilda aholining bankdagi omonatlari 2 baravarga oshdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2025–2027-yillarda davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2024-yil 20-dekabrdagi 865-son qarori qabul qilindi.
Ushbu Strategiyaning maqsadi 2025–2027-yillar davomida “yashil” davlat xaridlarining ulushini oshirish, shuningdek, iqtisodiy o‘sishda muhim bo‘lgan barqaror, keng raqobatga asoslangan davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan davlat xaridlari siyosatini belgilashdan iborat.