Qishloq va Suv xo‘jaligi
Abduraxmonov Ibroxim Yulchiyevich
O‘zbekiston Respublikasi qishlоq хo‘jаligi vаziri
Xamrayev Shavkat Raximovich
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri
Keyingi yillarda mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlar qatori qishloq xo‘jaligida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda inson qadri va manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda.
Bu haqda so‘z yuritganda, boshoqli don yetishtirish va xarid qilishning yangi tizimi joriy etilib, dehqonlarimizning omborlari donga, ro‘zg‘ori qut-barakaga to‘layotgani, agrar sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalqaro imtiyozli kreditlar ajratilgani, mahsulot yetishtirish, sug‘orish, urug‘ va ko‘chat sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar subsidiya hisobidan qoplab berilayotganini ta’kidlash lozim.
O‘zbek paxtasiga joriy etilgan boykot bekor qilinib, to‘qimachilik sohasidagi yirik brendlar mamlakatimiz paxta bozoriga qaytmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi.
Insoniyat taraqqiyotning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan XXI asrda suvga bo‘lgan ehtiyoj muttasil ortib bormoqda. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha respublikalarning suv yo‘llari ham, suv resurslari ham bir-biri bilan chambarchas bog‘langan.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining konferensiyalarida, shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining qo‘shni davlatlarga tashriflarida transchegaraviy suv resurslaridan hamkorlikda oqilona foydalanish masalalari yuqori darajada ko‘rib chiqilib, uzoq muddatli yechimini kutayotgan muammolar hal qilinmoqda.
Ayni paytda O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan suv masalalari bo‘yicha ham ko‘p tomonlama darajada – Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi va Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyasi doirasida ham, ikki tomonlama darajada – suv resurslari masalalari bo‘yicha hamkorlikni izchil rivojlantirmoqda. suv resurslaridan foydalanish bo'yicha hukumatlararo ishchi guruhlarning asoslari. So‘nggi yillarda Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston Respublikasi va Turkmaniston bilan o‘zaro hamkorlik va erishilgan kelishuvlar natijasida Sirdaryo va Amudaryo havzalarining suv ta’minotini yaxshilashda muvaffaqiyatlarga erishildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida suv taqchilligini kamaytirish maqsadida suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish va suv xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish tashabbusi bilan chiqmoqda.
Yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini, barqaror suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi tasdiqlandi. O‘zbekiston aholisini va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini ta’minlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xo‘jaligiga bozor tamoyillari va mexanizmlari hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, suv xo‘jaligi obyektlarining ishonchli ishlashini ta’minlash.