Yoshlar o‘rtasida DXX kubogi musobaqalari o‘tkaziladi
2024-03-29 18:00:00 / Yangiliklar
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning futbol va mini futbol bo’yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalariga aprel oyidan start beriladi. Ma’lumot uchun musobaqalarda 16-yoshdan 30-yoshgacha bo’lgan qiz bolalar ham g’oliblik uchun top surishadi.
1–bosqich. Tuman/shahar saralash musobaqalari: aprel-may oylarida;
2–bosqich. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari: iyun-iyul oylarida;
3–bosqich. Respublika bo‘yicha final musobaqalari: avgust oyida bo‘lib o‘tadi.
Musobaqani Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi hamda Sport vazirligi — sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlarni aniqlash va qo‘llab-quvatlash maqsadida O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazadi.
O‘tgan yili Davlat xavfsizlik xizmati kubogi butun respublika bo‘ylab 250 mingdan ortiq o‘g‘il-qizlarni birlashtirgan bo‘lsa, bu mavsumda yanada kattaroq marralar ko‘zlanmoqda.