Kengaytirilgan qidiruv

Osiyo chempionatining oltin medallari


08.06.2010

Poytaxtimizdagi “O’zbekiston” sport majmuida universal jang bo’yicha o’tkazilgan Osiyo chempionatida qit’amizning o’ndan ziyod davlatidan yuzga yaqin sportchi g’oliblik uchun kuch sinashdi.

Mazkur sport turi bo’yicha 2009 yili Praga shahrida o’tkazilgan jahon chempionatida hamyurtlarimiz ikkita oltin, bittadan kumush va bronza medalni qo’lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o’rinni egallagan edi.

Ikki kun davom etgan Osiyo chempionatida terma jamoamiz a’zolari – Nuriddin Dolimov, Dilshod Sodiqov, Alisher Abdullayev, Ahmad Alimbekov, Asqar Boymatov va Nurmuhammad Mamajonov shohsupaning eng yuqori pog’onasidan joy oldi.

Mamlakatimiz sportchilari umumjamoa hisobida Osiyoda tengsiz ekanligini yana bir bor isbotladi – birinchi o’rinni oldi.


Manbaa: O`zA