Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni munosbati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
2025-09-26 16:35:00 / Yangiliklar
Shukuh

Bugun, 26-sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni munosbati bilan Ohangaron tumanida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlari harbiy qismlarining birida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda harbiy qism komandiri tomonidan bir qator harbiy xizmatchilarga erishgan yutuqlari uchun DXX rahbariyati tomonidan berilgan "A’lochi chegarachi" ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Shu bilan birga, tuman hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi G‘anisher Navro‘zov DXX faxriylarini, harbiy xizmatchilarni hokimlik va tuman aholisi nomidan tabriklab, hokimlikning tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirladi.






