Oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda
2026-08-10 09:35:00 / Yangiliklar

Muloqotda ikki mamlakat oʻrtasida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda Oʻzbekistonning qator oliy taʼlim muassasalari Yaponiyaning Sukuba, Nagoya, Kioto, Osaka va boshqa nufuzli universitetlari bilan hamkorlik qilmoqda.
Tomonlar Oʻzbekistonda Sukuba universiteti bilan hamkorlikda yangi universitet tashkil etish loyihasini jadallashtirish, shuningdek, muhandislik, IT, tibbiyot, energetika, qishloq xoʻjaligi va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma taʼlim dasturlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, yapon professor va mutaxassislarini Oʻzbekistonga jalb qilish, akademik mobillik va ilmiy hamkorlikni kengaytirish, talabalar uchun qoʻshma dasturlar va yozgi maktablar tashkil etish boʻyicha takliflar bildirildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston–Yaponiya taʼlim va ilmiy hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.

