Harbiy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi
2026-05-22 09:25:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qatar davlatining Doha shahriga rasmiy tashrif bilan bordi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Shuxrat Xalmuxamedov, Qatar Bosh vazir o‘rinbosari va mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdulrahmon bin Hassan Al Tani bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida mintaqadagi xavfsizlik sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar va yangiliklar ko‘rib chiqildi, mavjud sharoitlar hisobga olingan holda harbiy hamkorlik va qo‘shma muvofiqlashtirish jihatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida harbiy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

