O‘zbekistonda “Milliy qadriyatlar oyligi” tadbirlari va xalq sayillariga start berilmoqda
2025-02-19 15:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga asosan har yili mart oyida “Milliy qadriyatlar oyligi” tadbirlari va xalq sayillarini o‘tkazib borilishi belgilangan.
Ushbu oylik xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari, xalq o‘yinlari yo‘nalishidagi ijro san’ati mavjud bo‘lib, bu an’analar, tarix, turmush tarzimiz, qadriyatlarimiz va ma’naviyatimiz kabi omillarni o‘zida mujassam etadi.
Bu an’analarning saqlab qolinishi, zamonga mos ravishda rivojlanishi, noyob namunalari keng targ‘ib qilinishi, asrab-avaylanishi va rivojlantirilishi, yoshlar qalbida san’atga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirilishi har bir avlodning ajdodlar oldidagi burchi va kelasi avlodlar oldidagi vazifasidir.
“Milliy qadriyatlar oyligi” tadbirlari va xalq sayillari - yoshlarning milliy qadriyatlarimizga hurmatini yanada oshirish, an’analarimizni qadrlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunda:
milliy liboslar targ‘iboti;
milliy xalq o‘yinlari;
badiiy jamoalarning chiqishlari;
qo‘shiqchilik san’ati (o‘lan, lapar, xalq o‘yinlari, terma, marosim qo‘shiqlari, xalfachilik, baxshichilik va hokazo);
raqs san’ati (turli hududlarga xos xalq raqslari);
milliy cholg‘uchilik san’ati (milliy musiqa cholg‘ularda asarlar ijrosi) arqon tortish, lanka, dor o‘yinlari, tosh ko‘tarish, milliy kurash o‘yinlarini o‘z ichiga oladi.
Shunga ko‘ra, Respublikamizning barcha hududlarida mart oyida “Milliy qadriyatlar oyligi” tadbirlari va xalq sayillari tashkil etiladi va o‘tkaziladi.