2-5-OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-09-30 11:15:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 2-4 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi,
5 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 va 4 oktabrda 7-12°, 3 oktabrda 10-15°, 5 oktabrda 0-5° iliq, kunduzi 2 oktabrda 21-26° bo‘ladi, 3-5 oktabrda 12-17° gacha pasayadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 2-4 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 5 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 oktabrda 8-13°, 3-4 oktabrda 13-18°, 5 oktabrda 10-15°, kunduzi 2 oktabrda 22-27°, 3 oktabrda 25-30° bo‘ladi, 4-5 oktabrda 17-22° gacha pasayadi.
TOSHKENT, JIZZAX, SAMARQAND, SIRDARYO VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 2-4 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
5 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 23-28°, 3-5 oktabrda kechasi 13-18°, kunduzi 3-4 oktabrda 25-30°, 5 oktabrda 15-20° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 2-4 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 5 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 oktabrda 11-16°, 3-4 oktabrda 14-19°, 5 oktabrda 13-18°, kunduzi 2 oktabrda 27-32°, 3-4 oktabrda 30-35°, 5 oktabrda 20-25° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 2 va 5 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 3-4 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 5 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-3 oktabrda 8-13°, 4-5 oktabrda 13-18°, kunduzi 2-4 oktabrda 23-28°, 5 oktabrda 15-20° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 5 oktabrda ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliqdan 7-12° gacha o‘zgarib turadi, kunduzi 2 oktabrda 15-20°, 3 oktabrda 17-22° bo‘ladi, 4-5 oktabrda 7-12° gacha pasayadi.
