Xudayberganova Durdona Sidikovna
Tug‘ilgan vaqti va joyi 1960-yil 17-mart, Toshkent shahri
Maʼlumoti Oliy
Olim faoliyat olib borayotgan asosiy ilmiy yo‘nalish Antropotsentrik tilshunoslik (lingvomadaniyatshunoslik, kognitiv tilshunoslik), leksikografiya
Fan sohasida erishgan yutuqlari Filologiya fanlari doktori, professor. Bir necha monografiyalar, lug‘atlar, ilmiy risolalar, o‘quv qo‘llanmalar muallifi (nashr qilingan kitoblarining jami 20 ta), 6 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” muharriri. Respublika va xorij ilmiy jurnallarida 100 dan ortiq maqolasi nashr qilingan.O‘zbek tili tadqiqiga lingvistik antropotsentrik paradigma nazariyasi va tamoyillarini tatbiq qilgan. 2 ta fan doktori (DSs), 7 ta PhD dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan.
Olim ishtirok etayotgan joriy ilmiy loyihalar/ ilmiy ishlar AL-662204328-sonli “Sport atamalarining o‘zbek tilidagi izohli lug‘ati”ni tuzish va nashr qilish” (lug‘atning mobil ilovasi va veb-saytini yaratish)” nomli amaliy loyiha
Ilmiy tashkilotdagi jamoatchilik vazifasi Institut huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar raisi, mazkur Ilmiy kengash aʼzosi (10.00.02 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha), institutning"O‘zbek tili va adabiyoti" jurnali tahrir hayʼati aʼzosi
