Xaytmetova Saidaxon Boqijonovna
1975-yilning 19-may oyida Namangan viloyati Uychi tumanida tugʻilgan.
Oliy, Namangan Davlat Universitetining kimyo va biologiya fakultetiti, biologiya fanlar doktori
Xaytmetova S.B. 1998-yil 25-dekabr oyidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo ilmiy - tekshirish institutiga kunduzgi aspirantura boʻlimiga tanlov asosida qabul qilingan va Institutning «Sellyuloza kimyosi» laboratoriyasida 1999-2010 yillar ichida professor A.S. Turaev rahbarligida “Gidrolitik parchalangan karboksimetilsellyuloza olish texnologiyasini yaratish va uni tibbiyot maqsadlari uchun qoʻllash” mavzusida ilmiy izlanish olib bordi. U 2010-yilning 22-sentyabrida 02.00.10 – «Bioorganik kimyo, tabiiy va biologik faol moddalar kimyosi» mutaxassisligi boʻyicha nomzodlik ishini, 2024-yilning 9-sentyabrida esa 02.00.10 – «Bioorganik kimyo, tabiiy va biologik faol moddalar kimyosi» mutaxassisligi boʻyicha doktorlik ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, xozirda etakchi ilmiy xodim sifatida «Biologik faol makromolekulyar tizimlar» laboratoriyasida ishlab kelmoqda. Oilali, 4 farzandning onasi.
Ilmiy izlanishlarining natijalari 90 dan ortiq ilmiy ishlari ilmiy jurnal va anjumanlarda chop etilgan. Jumladan Scopus, Web of Science indeksasiyalangan ma'lumotlar bazalariga kirgan jurnallarda 12 ta va mahalliy ilmiy jurnallarda 19 ta ilmiy maqolalar, 3 ta patent chop etgan hamda me'yoriy texnik xujjatlar va ishlab chiqarish uchun ruxsatnomalar mavjud. U Respublikamizdagi mahalliy va xalqaro seminar, konferensiyalarda aktiv ishtirok etib keladi. Oʻzbek, rus, va ingliz tillarida muloqot qila oladi.
Jumladan, Xaytmetova S.B. 2008-yil «ITEC» oʻquv kursi buyicha Xindistonning Dexli shahrida, Innovasion rivojlantirish fondi orqali 2019-yil Belorus Respublikasining Minsk shahrida Belorus milliy ilmiy akademiyasiga qarashli Bioorganik kimyo institutida toksiko-farmakologik tadqiqot usullar va organik moddalarning fizik-kimyoviy analiz usullari boʻyicha hamda 2021yil Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shaxrida Rossiya Fanlar akademiyasining Yuqori molekulyar birikmalar institutining Tabiiy polimerlar laboratoriyasida malaka oshirib qaytgan.
Xaytmetova S.B. bir qator ilmiy loyixalarda mas'ul ijrochi sifatida aktiv qatnashib kelmoqda, xususan: № F-3.4. raqamli «Sellyuloza va uning xosilalari asosida medisina, biologiya va qishloq xoʻjaligida qoʻllash uchun tikilgan makromolekulyar sistemalar yaratishning kimyoviy jixatlari» (2004-2006 y.), AQShning CRDF fondi UZC2-2876-TA-07 “Suvda eruvchan polimerlar, ularning xosilalarining molekulyar massaviy taqsimlanishi va strukturaviy kattaliklari hamda ularni modifikasiyalash reaksiyalar real vaqtdagi monitoringi” (2007-2009y.) xalqaro loyixasi, va FA-F3-T054 «Polisaxaridlarning almashingan sulfat xosilalari sintezi, molekulyar xarakteristikalarini aniqlash, antimikrob faolligini strukturaga bogʻlikligini oʻrganish» (2007-2011 y.), № F6-T097 raqamli «Nishon-organlar uchun yangi dorivor vositalar olish maqsadida modifikasiyalangan polisaxaridlar sintezi va ularning biologik funksiyalari» (2012-2016 y) nomli fundamental davlat loyihasida, TA-FA-F6-003 «Rakka qarshi yoʻnaltirilgan ta'sirli preparatlar yaratish maqsadida beta-glyukanlar, galaktomannanlar va ularning modifikasiyalangan analoglarining xujayra lektinlari bilan komplementar oʻzaro ta'sirlashuvlarini oʻrganish” (2017-2020) nomli fundamental davlat loyihasida hamda A-FA-2021-545 «Introduksiya usulida olingan tabiiy bazidiomiset (Ganoderma lusidum) zamburugʻidan immunotroplik xususiyatiga va rak hujayralariga ta'sir qiluvchi substansiyalar ajratib olish yangi texnologiyasini yaratish» (2021-2024).
Xaytmetova S.B. 2005-yildan beri institutning kasaba uyushmasi faol xodimi sifatida kasaba uyushmasi ishlarini yuritib kelmoqda, tashabbuskorligi, qat’iyati, halolligi va kamtarligi bilan ilmiy jamoatchiligi xurmatiga sazovor bo`lib kelmokda. U ixtisosligi bo`yicha mustaqil fikrlab, ilmiy xulosalay oladigan, ishonib topshirilgan vazifalarni to`liq va maqsadga muvofiq xal qilishga qodir, Respublikamiz fani rivojiga xissa qo`shayotgan yosh olima hisoblanadi.
