Vohidova Noira Rahimovna
14-may 1975-yil, Buxoro viloyati
Oliy ma’lumotli. Buxoro Davlat universitetini imtiyozli diplom bilan tugatgan (1996).
Ixtisosligi: Yuqori molekulyar birikmalar, nanotexnologiya
Ilmiy yoʻnalishi tabiiy va sintetik polimerlar asosida polimer-metall sistemalari, nanostrukturali interpolielectrolit komplekslar olishning fundamental asoslarini va amaliy jihatlarini tadqiq etishga bagʻishlangan. Kimyo fanlari nomzodi (2008), kimyo fanlari doktori (2016), professor (2023). OʻzR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti (PKFI) Istiqbolli polimerlar sintezi laboratoriyasi mudiri (2018). 150 ga yaqin ilmiy ishi chop etilgan, jumladan, 4 ta monografiya, 5 ta uslubiy qoʻllanma, retsenziyalanadigan ilmiy jurnallarda 62 ta ilmiy maqola, shundan 33 ta maqola nufuzli xalqaro jurnallarda chop etilgan, 5 ta OʻzR Patenti hammuallifidir.
RFA Yuqori molekulyar birikmalar instituti (Sankt-Peterburg, 2012), RFA Fizikaviy kimyo muammolari instituti (Chernogolovka, 2014), Moskva Davlat universiteti kimyo fakulteti “Yuqori molekulyar birikmalar” laboratoriyasida (Moskva, 2018) va RFA Eritmalar kimyosi institutida (Ivanovo, 2022) stajirovka oʻtagan. 2024-yilda Xitoy Fanlar akademiyasi Prezidenti xalqaro fondi (PIFI) tomonidan e’lon qilingan tanlov gʻolibi boʻlgan va 2024 yil sentyabr-dekabr davomida Xitoy Fanlar akademiyasi Dalian Kimyoviy-fizika institutida taklif etilgan olim sifatida loyihada ishtirok etgan. “Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovation loyihasi” III Respublika tanlovida gʻolib boʻlgan (2020). Uning ilmiy rahbarligida 2 ta kimyo fanlari boʻyicha fan doktori (PhD) dissertatsiya ishini himoya qilgan. Hozirda uning rahbarligida 2 ta PhD doktorant va 1 ta stajer-tadqiqotchi ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Ilmiy faoliyati davomida fundamental, amaliy va innovation loyihalar rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Respublika Davlat kimyo qoʻmitasi va Veterinariya qoʻmitalarida roʻyxatga olingan Kuprumchit, Polidef, Uzxitan, Nanoapatit kabi agropreparatlar hammuallifi hisoblanadi. Bugungi kunda mono- va bimetall nanozarrachalar tutgan polimerlar, nanokapsulalar, nanokonteynerlar, “core-shell” tipidagi nanobirikmalar sintezi ustida tadqiqotlar olib bormoqda.
PKFI huzuridagi ДК 015.24.01 Ixtisoslashgan kengash texnik kotibi (2009-2012), DSc.27.06.2017.FM/K/T.36.01 raqamli Ilmiy kengash ilmiy kotibi (2017-2019), 2020 yildan mazkur Kengash a’zosi hamda Ilmiy seminar ilmiy kotibi sifatida faoliyat koʻrsatgan. U Institut xotin-qizlar va kasaba uyushmasi a’zosidir.
