Sagdullayeva Dilafruz Saidakbarovna
Sagdullayeva (Abdurahimova) Dilafruz Saidakbarovna Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti etakchi ilmiy xodim, t.f.d.
Toshkent, Oʻzbekiston Respublikasi
Sagdullayeva (Abdurahimova) Dilafruz Saidakbarovna 1982-yilning 15-avgustda ziyolilar oilasida Toshkent shahri tugʻilgan, millati oʻzbek. U 1989-yildan 1999-yilgacha Toshkent shahridagi Olmazor tumanidagi 249- maktabda ta'lim olgan. 2000-yil Toshkent Davlat Texnika Universitetining neft va gaz fakultetiga bakalavrga qabul qilingan va 2004-yili ushbu fakultetini qizil diplomda tamomlagan. 2004-yilda shu fakultetga Maggistraturaga qabul qilingan va 2006-yilda muvaffaqiyatli tamomlagan.
Sagdullayeva D.S. 1999 -2006-yilllar oraligʻida OʻzR FA Umumiy va noorganik kimyo institutida laborant lavozimida ishlagan. 2006-yil avgust oyidan boshlab OʻzR FA Bioorganik kimyo institutida «Sellyuloza kimyosi» laboratoriyasida ishlay boshlagan. 2007-yilda ushbu institutda aspiranturaga qabul qilinib, 2009-yilda muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2017-yilda OʻzRFA Bioorganik kimyo instituti doktoranturaga topshirib 2019-yilda 19-dekabr DSc himoyasini qilgan.
Olima faoliyat yuritayotgan asosiy yoʻnalish. Kimyo va kimyoviy texnologiya.
Fandagi yutuqlari. 1 ta Foydali model, 5 ta Scopus va Web of Science bazalarida 5 ta maqolalar, Mikrotoʻlqinli nurlanish yordamida mahalliy oʻsimlik moylaridan fosfolipidlarni olish boʻyicha texnologik koʻrsatma (TK 1/2020 BOKI) ishlab chiqilgan ishlab chiqilgan. Och rangli (soya va safor) va qora (paxta) moylaridan olingan tozalangan oziq-ovqat va texnik fosfolipidlar uchun texnik shartlar (TSh 1/2020 BOIK va TSh 2/2020 BOKI) yaratilgan;
2 nafar PhD va 5 nafar magistrlarga rahbarlik qilgan.
7. Amaldagi loyihalar/ faoliyat olib borayotgan ilmiy ishlari. TA-FA-F6-003 «Rakka qarshi yoʻnaltirilgan ta'sirli preparatlar yaratish maqsadida beta-glyukanlar, galaktomannanlar va ularning modifikasiyalangan analoglarining xujayra lektinlari bilan komplementar oʻzaro ta'sirlashuvlarini oʻrganish” (2017-2020) nomli fundamental davlat loyihasida ishtirokchi, AL-662204264 «Oʻta yuqori chastotali nurlantirishdan foydalanib oʻsimlik moylaridan fosfolipidlarni ajratib olish texnologiyasini yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha rahbari.
Ma’lumotlar o‘zbek (lotin) va rus tillarida taqdim etilishi shart.
Ilmiy muassasada jamoaviy ish. OʻzR FA Bioorganik kimyo institutidagi barcha jamoaviy ishlarda, tadbirlar, ilmiy konferenssiyalarda faol ishtirok etib kelmoqdaman.
