Raxmanberdieva Rano Karimovna
Tug‘ilgan yili va joyi: 30.04.1954 y., Toshkent shahri
Ma’lumoti: Oliy, kimyo fanlari doktori (DSc)
Hozirgi vaqtda Polisaxarid va ularning hosilalari asosida biologik parchalanadigan bioplenkalar olishning muqobil sharoitlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Fandagi yutuqlari: Fandagi yutuqlari: 150 dan ortiq nashrlar muallifi, shulardan 50 ga yaqin maqola xalqaro Scopus va Web of Science maʼlumotlar bazalariga kiritilgan jurnallarda chop etilgan. shuningdek, 8 ta patentga ega va "Gledol" reaktivi (VFM, OPR va boshqalar) uchun normativ-texnik hujjatlari ishlab chiqilgan.
Uning rahbarligida 1 nafar fan nomzodi, 4 nafar falsafa doktori (PhD), 6 nafar magistr, 4 nafar bakalavr tayyorlandi.
2006-2011 yillar nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti huzuridagi bioorganik kimyo (02.00.10) va organik kimyo (02.00.03) mutaxassisliklari bo‘yicha D.015.21.01 doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengash ilmiy kotibi bo‘lgan. Prezident farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi “koʻkrak nishoni” bilan taqdirlangan.
U 2ta Ixtisoslashgan Ilmiy Kengash azosidir, 2 ta xalqaro jurnallar tahririyati a’zosi.
