Rasulova Muhayo Yunusovna
15.03.1948 y Toshkent shahri
Oliy 1971 y. Toshkent davlat universiteti
01.04.07. Kondensirlangan holat fizikasi
Fanda erishgan yutuqlari M.Yu.Rasulova dunyoda birinchi marta ko‘p zarrali kvant tizimlar nazariyasi asosida axborotni xavfsizligini to‘liq ta'minlovchi kriptografik tizimni yaratdi va u eksperimental tasdiqlandi. Bu natijalar qator ilmiy ishlarda rivojlantirildi. 1997-yil M.Yu.Rasulova Italiyaning Triest shahridagi Abdus Salam nazariy fizika markaziga taklif etildi va 1997-2006 yillar davomida bir necha bor vizitor sifatida ilmiy izlanishlar olib bordi. 1998-yil Avstriyaning Vena shahridagi Shredinger nomidagi matematik fizika markaziga taklif etilib 1998-2004-yillar shu markaz vizitor-professor statusida ilmiy izlanish olib bordi. Keyingi yillarda M.Rasulova Kembrij Universitetiga, Germaniyadagi Berlin va Myunxen Texnika Universitetlariga DAAD stepianti sifatida taklif etildi. M.Yu.Rasulova shu yillarda bir necha bor Rossiya, Ukraina, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Italiya, Fransiya, Gresiya, Poʻlsha, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Turkiya, Misr, Malayziya, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Yaponiya va boshqa davlatlar ilmiy markazlari va Universitetlariga Konferensiyalarga va ilmiy izlanishlarga taklif etildi.
Bu tashriflar davomida M.Rasulova dunyodagi eng mashhur olimlar akademik N.N.Bogolyubov, AQSh akademiklari Martin Kruskal, Barni Alder, Joel Lebovits, E.G.D. Koen, akademiklar Cherchin'yani F.Kolojero, Bavariya Akademiyasi prezidenti Karl-Xeyns Xoffmann, Petr Markovich, G.Shpun, M.Brokate, akademiklar A.Davidov, O.S.Parasyuk, A.Sitenko, N.N.Bogolyubov (kichik) va boshqa yetuk olimlar oldida muvaffaqiyatli ma'ruzalar qildi.
M.Yu.Rasulova 2008-yil Malayziyaning mikroelektronik tizimlar Institutining axborot havfsizligi bo‘limining bosh ilmiy xodimi sifatida ishga taklif etildi va 2008-2014 yillar shu institutda ishladi. 2014-yil Toshkentga YaFIga qaytgach hozirgacha shu YaFIda faoliyat olib boradi. M.Yu.Rasulova 1999-2007 yillar O‘zbekiston Milliy Universitetida professor lavozimida yoshlar bilan ishlab bir nechta magistrlar tayyorladi, Uning rahbarligida 4 fan doktori tayorlandi. M.Yu.Rasulova uzoq yillar davomida Milliy Universitet koshidagi matematik fizika va nazariy fizika doktorlik darajasi berishga ixtisoslashgan ilmiy kengashlar a'zosi va YaFI qoshidagi ixtisoslashgan ilmiy kengash a'zosi bo‘lib ishlab kelayapti. Ilmiy faoliyati davomida M.Rasulova 100 ortiq ilmiy maqolalar nashr etgan. U ilmiy faoliyati davomida AMS (Amerika matematiklari jamiyati) a'zosi, European Women in Mathematics (Evropa ayollari matematikada) a'zosi, OWSD-(Rivojlanayotgan dunyo xalqlari ayol olimalari tashkiloti) a'zosi bo‘ldi. M.Yu.Rasulova qator xalqoro ilmiy jurnallar redkollegiya a'zosi, ko‘p yillar AQShda nashr qilinuvchi “Mathematical Reviews” jurnali taqrizchisi bo‘lgan. M.Yu.Rasulova Amerika Biografik Instituti tomonidan 2001-yilda Xalqaro tadqiqot kengashi taklifiga ko‘ra "2001-yil ayoli" nomiga, 2004-yilda "21-asr buyuk ayoli" kitobiga kiritishga taqdim etilgan. 2005-yilda Amerika biografik instituti Xalqaro tadqiqot kengashi taklifiga ko‘ra M.Yu.Rasulovani 2005-yilgi yilning eng yaxshi ayollari sifatida sharaflovchi esdalik medalining tanlangan oluvchisi bo‘lishga taklif qilgan. Rasulova Amerika biografik instituti ilmiy komitetiga maslahatchi sifatida, N'yu York fanlar akademiyasining haqiqiy a'zoligigaga taklif etilgan. 2020-yil Xalqaro ijod Akademiyasi (Moskva) M.Yu.Rasulovani Akademiyaning xaqiqiy a'zoligiga sayladi. 2021-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev M.Yu.Rasulovani Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirladi.
