Myachina Olga Vladimirovna.
4-sentabr 1961-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1975-yilda Toshkent davlat universitetining Biologiya va tuproqshunoslik fakultetini tamomlab, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida ishlab kelmoqda, 2020-yildan buyon Agrokimyo laboratoriya mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. Biologiya fanlari doktori (2018).
O.V. Myachinaning asosiy soha faoliyati: Respublikaning oziq-ovqat mustaqilligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida, O‘zbekiston tuproqlarning unumdorligini saqlashda va oshirishda masalalarini hal qilishga qaratilgan. Uning tadqiqotlari qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan kimyo vositalarini va biologizatsiyaning qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga, hamda tuproq unumdorligining fizik-kimyoviy, agrokimyoviy va biologik xususiyatlariga, shuningdek, yangi agro- va biotexnologiyalarning samaradorligi va xavfsizligiga ta’sirini aniqlash bilan bog‘liq. Hozirgi vaqtda mineral, organomineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarning oʻsish regulyatorlari va boshqalar boʻyicha tuproq organik moddalarining asosiy xarakteristikalari hamda tarkibida uglerod, azot va fosfor boʻlgan birikmalarni oʻzgartirishda mikroblar hamjamiatining ishtiroki boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda. O.V. Myachina milliy kadrlar tayyorlashda ishtirok etadi, mikrobiologiya, agrokimyo va ekologiya yo'nalishlari bo'yicha PhD, bakalavr va magistrlarga rahbarlik qiladi. Ilmiy izlanishlar natijalari bo‘yicha 260 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan, shu jumladan xorijiy, xalqaro va mahalliy jurnallarda 67 ta maqola va 2 ta monografiya chop etilgan, 7 ta patent olingan, 8 ta oʻgʻitlarni qoʻllash boyicha tavsityanomalar ishlab chiqilgan (H-index 4).
O.V. Myachina O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Noorganik kimyo institutining ilmiy, ma’rifiy, madaniy-ma’rifiy ishlarida faol ishtirok etadi, “Uzbek Chemical Journal” tahririyati a’zosi hisoblanadi.
