Mambetullayeva Svetlana Mirzamuratovna
Mambetullayeva Svetlana Mirzamuratovna– Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori
Tugʻulgan yili: 1962-yil 4-sentabr.
Nukus davlat universiteti, biologiya fanlari doktori, professor
Olimaning asosiy tadqiqot yoʻnalishlari – Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, populyasiya ekologiyasi, ekologiyada modellashtirish, atrof-muhit va tirik organizmlar oʻrtasidagi munosabatlarni optimallashtirish muammolari. U populyasiya ekologiyasi nazariyasining ilmiy asoslarini ishlab chiqish, sutemizuvchilar populyasiyasining dinamikasini, ularning demografik tuzilishini, atrof-muhit omillarining Janubiy Orolboʻyi biotasiga ta'sirini oʻrgganish va ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi tadqiqot natijalarini amalga oshirishda katta xissa kushgan.
Fna sohasidagi yutuqlari – Populyasion ekologiyasida populyasiyalarning turlar tizimidagi, yashash sharoitlariga moslashishdagi va evolyusiyadagi alohida funktsional rolini aks ettiruvchi yangi yondashuv ishlab chiqildi. Orolboʻyi tabiiy muhitining degradasiyasi sharoitida mayda sutemizuvchilar vakillarining soni va populyasiyasining oʻzgaruvchanligini tartibga solish mexanizmlari tahlil qilindi. Biologik resurslardan barqaror va oqilona foydalanish konsepsiyasi, shuningdek, Janubiy Orolboʻyi mintaqasining ekologik holatini hisobga olgan holda hududiy tabaqalashtirishning mintaqaviy standartlarining ilmiy asoslari ishlab chiqilgan.
Mavjud va ishlab chiqlayotgan loyihalar – " Janubiy Orolboʻyi mintaqasining uzgaruvchang muhitida faunistik kompleksining adaptiv strategiyalarini oʻrganish: populyasiya va jamoalarning barqarorligi" fundamental loyihasining ilmiy raxbari. MFSA agentligi, Global ekologik jamgʻarma (GEF) va Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE) (2015-2023) tomonidan" Janubiy Orolboʻyi vetlandlarining biologik xilma-xilligini monitoring qilish" xalqaro loyihasi doirasida ekologik omillarning ekotizimlarga kompleks ta'siri jarayonlarini oʻrganish va tabiiy muhit oʻzgarishi sharoitida tirik organizmlar populyasiyasining moslashuvining ekologik mexanizmlarini aniqlash bo'yicha ishlar olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari Janubiy Orolboʻyi barcha biologik xilma-xilligini saqlash uchun katta amaliy ahamiyatga ega. Xitoy fanlar akademiyasining Markaziy Osiyo ilmiy-tadqiqot markazining Orol dengizi havzasi ekotizimlarini tadqiq qilish boʻyicha xalqaro loyihasi doirasida Qoraqalpogʻiston tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti - xalqaro Moʻynoq biologik stantsiyasining unikal ob'ekt.
Ilmiy muassasada jamoat xizmati. Qoraqalpok tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari) mutaxassisligi boʻyicha dissertasiyalarni himoya qilish boʻyicha ilmiy kengash raisi hisoblanadi. Respublika, MDH mamlakatlari va uzoq xorijdagi etakchi ilmiy jurnallar tahririyat a'zosi hisoblanadi. 2015-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va texnologiyalar vazirligining innovasion rivojlanish agentligi huzuridagi ilmiy-texnik kengash a'zosi hisoblanadi.
