Karimova Surayyо Ubaydullaevna
Karimova Surayyо Ubaydullaevna – tarix fanlari doktori, professor, O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari
1955-yil 30-may, Toshkent
Ma’lumoti: oliy - 1977-yili Toshkent Davlat Universiteti kimyo fakultеtini bitirgan.
Asosiy ilmiy yo‘nalishi: O‘rta asrlar musulmon Sharqidagi tabiiy fanlar tarixi
Fandagi yutuqlari: O‘rta asr musulmon Sharqining ensiklopedist olimlari: Abu Bakr ar-Roziy (865-925), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Najibuddin Samarqandiy (XIII asr) qalamiga mansub arab va fors tillaridagi kimyo, tabobat va dorishunoslikka oid asarlar tadqiqi asosida o‘zbek, rus, ingliz tillarida 100 dan ortiq ilmiy ishlar nashr qilgan. Uning tadqiqotlarida mazkur olimlarning ilmiy yangilik va ilg‘or farazlari Sharq va G‘arbdagi tabiiy fanlar rivoji uchun poydevor bo‘lgani, ular ilmiy faoliyatining metodologik asoslari zamonaviy tabiiy fanlar metodologiyasiga yaqinligi, Sharqdagi “Bayt al-hikma” (IX-X а.), Xorazm Ma’mun akademiyasi (XI а.) kabi ilmiy markazlar olimlarining tabiiy fanlar sohasidagi ilmiy faoliyatida vorislik va an’anaviylik mavjud bo‘lgani aniqlangan.
Hozirda Abu Rayhon Beruniy tabiiy-ilmiy merosining tabobat bilan bog‘liq ochilmagan qirralarini tadqiq etmoqda.
Institut tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalarning to‘plamlarini tayyorlash va tashkiliy ishlariga rahbarlik qiladi; Institut qo‘lyozmalar fondini boyitish, mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarga manbalarning elektron nusxalarini berish bo‘yicha ekspert komissiyalari a’zosi; Institutning “Meros” ilmiy jurnalining bosh muharrir o‘rinbosari; O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi muzeyi ekspozisiyasini yaratish ishlarida faol ishtirok etadi.
