Karimova Nigora Ganiyevna
Karimova Nigora Ganiyevna 1964-yil 28-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti jurnalistika fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlab, bir muddat O‘zbekiston Respublikasi Davlat televideniye va radioeshittirishlar qo‘mitasida muharrir bo‘lib ishladi. 1990-yildan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutida faoliyat olib boradi. 2017-yildan “Kino va televideniye” bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
- shunoslik fanlari doktori (2019), professor (2025), “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan (2021), Xalqaro kinotanqidchilar federatsiyasi FIPRESCI a’zosi (2014).
Kinoshunoslik sohasidagi yetakchi, taniqli olimа. Bir qator ilmiy grantlarga rahbarlik qilgan. O‘zbekiston kino sanoatining shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini o‘rganish bilan birga, qator ijodiy loyihalar ham yaratib, amaliyotga tatbiq etgan. Amaliy tadqiqotlari natijalari O‘zbekiston milliy madaniyatini o‘rganishga, xususan, kino merosini keng tadqiq etish va ommalashtirishga katta hissa qo‘shdi.
N.G. Karimova o‘z ilmiy maktabini yaratish bilan birga, yosh olimlarga ustozlik qilmoqda. Uning rahbarligida 3 ta falsafa doktori dissertatsiyasi (PhD) himoya qilingan. Hozirda 4 nafar doktorant, shu jumladan, 2 nafar fan doktori (DSc) va 2 nafar falsafa doktori (PhD)ga ilmiy rahbarlik qilmoqda. 200 ga yaqin ilmiy ishlari chop etilgan, jumladan, 5 ta monografiya muallifidir.
- –2024-yillarda Kioto universitetida (Yaponiya), Frankfurt kino muzeyida (Germaniya), хalqaro ovozsiz filmlar kollegiyasida (Italiya), Qozon madaniyat instituti (Rossiya), Qozog‘iston milliy san’at akademiyasida bir qator ilmiy seminarlar va ma’ruzalar bilan ishtirok etgan. Shuningdek, bir qator nufuzli xalqaro kinofestivallarning tanlov komissiyalari va hakamlar hay’ati a’zosi bo‘lgan. 2019-yildan hozirga qadar Qozog‘iston Respublikasi T. Jurgenov nomidagi Milliy San’at Akademiyasi qoshidagi Dissertatsiya himoyalari bo‘yicha Ilmiy kengash a’zosidir.
N.G. Karimova qator ilmiy-maʼrifiy loyihalar, mediakoʻrgazmalar va kino dasturlarini amalga oshirgan. Toshkent Fotoлар uyida o‘tgan “Muhrlangan vaqt” (2016) fotoko‘rgazmasi, “Kinolektoriy” ma’rifiy media loyihasi (2018), Parijdagi Arab dunyosi institutida namoyishlar dasturi (2023) va Italiyada ovozsiz filmlar namoyishi dasturi (2024), “O‘zbekiston kinematografiya ustalari” ilmiy-ommabop filmlar turkumi (2023) shular jumlasidandir.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti Ilmiy kengashi a’zosi, doktorlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha ilmiy kengash va ilmiy seminar a’zosi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Moziydan sado” jurnali tahririyati a’zosidir.
