Isxakova Saida Sunnatovna
23.01.1964 y. Toshkent sh.
Mutaxassisligi bo‘yicha – fizik, fizika-matematika fanlari doktori.
Ilmiy tadqiqot ishlari organik va bioorganik birikmalarning yangi sirtiy ionlashuvi uslubining qonuniyatlarini tadqiq etish, xamda havo atmosferasida termodesorbtsion sirtiy ionlashuv metodini ishlab chiqish va bu olingan natijalar asosida yuqori tanlovchanlik va sezgirlik bilan aniqlovchi yangi sirtiy- ionlanish gaz tahlil asboblarini yaratishga bag‘ishlangan.
Hozirda “Adsorbsion va emission hodisalar” ilmiy laboratoriyasiga rahbarlik qiladi. Laboratoriya tomonidan biologic eritmalar tarkibidagi giyohvand moddalar, psixotrop preparatlarning iz miqdorini aniqlash uchun moʻljallangan termodesorbsion spektrometrning kichik seriyasi ishlab chiqilgan va ular Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash sohasidagi Sud-tibbiyot ekspertizasi byurosi va narkologiya dispanserlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. U ushbu usul va qurilma uchun olingan patentning hammuallifidir. Ilmiy izlanishlar natijalari asosida 1 ta monografiya, xorijiy va mahalliy jurnallarda 60 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan, xalqaro va respublika konferensiyalarida faol ishtirok etgan. Shuningdek, STCU, CRDF USAID xorijiy grantlarida qatnashgan. O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” I Respublika tanlovida innovatsion loyihasi bilan ishtirok etib, “Eng samarali innovatsion loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha tegishli diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.
Hozirda “Koʻp atomli zarrachalarning qattiq jism yuzasi bilan vakuum va havo atmosferasida oʻzaro taʼsiri, fiziologik faol organik birikmalarni ionlashning yangi usullarini ishlab chiqish” byudjet mavzusiga rahbarlik qiladi va yosh malakali mutaxassislar etishtirishda faol ishtirok etadi. Termodesorbtsion sirtiy –ionlashish usuli yordamida fiziologik faol moddalarni tadqiq etish yo’nalishida doktorlik, magistrlik dissertatsiyalari va bakalavrlik malakaviy bitiruv ishlari bo’yicha samarali tadqiqotlar olib borilmoqda.
Institut va laboratoriyaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etadi, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, institut kasaba uyushma qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi. U institutning turli tadbirlarini tashkil etishda faol ishtirok etadi.
