Ismoilova Sabida Isroilovna
11.05.1973 y., Tojikiston Respublikasi, Xudjand sh.
Ma’lumoti – oliy. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini 1995-yilda tamomlagan. Texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Olimaning faoliyat olib boruvchi asosiy yoʻnalishlari.
Toʻqimachilik iplarining mexanik xossalarini oʻrganish, ularning oʻzgarish chegaralarini texnologik jarayonlarda aniqlash va qoʻllash hamda iplarning mustahkamligini aniqlashning ilmiy asoslarini yaratish sohasidagi olim.
Fandagi yutqlari.
Uning ilmiy izlanishlari tekstil iplarining mexanik hususiyatlarini oʻrganishga, ularning texnologik jarayonlarda oʻzgarish chegaralarini aniqlashda, iplarning mustahkamligini aniqlashga ilmiy asoslarini yaratishga hamda toʻqimachilik sanoati texnologik jarayonlarida hosil boʻladigan dinamik kuchlarni hisobga olib, paxta iplarining mustahkamlik nazariyasini rivojlantirish va uning mustahkamligini aniqlash, baholash va bashorat qilish usullarini ishlab chiqishga qaratilgan.
Uning ilmiy izlanishlari 90 dan ortiq ilmiy ishlara nashr etilgan. Ulardan 23 tasi ilmiy jurnallardagi maqolalar, jumladan 15 tasi chet el ilmiy jurnallarida chop etilgan maqolalar (13 ta Scopus, 5 ta WoS), 10 tasi halqaro konferentsiyalari materiallarida nashr etilgan, 1 ta monografiya chop etilgan va 3 ta EHM uchun dasturiy guvohnomalar olingan.
Xirsh indeksi: Scopus h=6, WoS h=3
Joriy loyihalar/tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Bosh ilmiy xodim va asosiy ijrochi sifatida 2021-2024 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan FZ-2020092310-“Toʻqimachilik to`quv mashinalarida zamonaviy progressiv texnologik jarayonlarda ipning uzilishi nazariyasini yaratish” fundamental grantini amalga oshirishda faol ishtirok etdi.
Ilmiy muassasada jamoaviy ishlari.
OʻzR FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti ilmiy kotibi sifatida institutning ma’naviy-ma’rifiy, jumladan, yoshlarda tarixiy va milliy qadriyatlarni rivojlantirishga, yoshlarda oʻzlikni anglash, yuksak ma’naviyat, tarixiy an’analar, Oʻzbekiston madaniy merosiga hurmat tuygʻusini shakllantirish ishlarini olib boradi. Shu borada yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, keksa avlod vakillariga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida yosh olimlar oʻrtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, suhbatlar tashkil etadi.
Institutning ilmiy faoliyati, yosh olimlar, doktorantlar va tadqiqotchilarning monitoringlarini tashkil etadi.
Ilmiy faoliyati bilan birgalikda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashda ham faol ishtirok etib kelmoqda.
Uning ilmiy rahbarligida 2 ta (PhD) dissertatsiyaari ximoya qilingan.
Hozirgi kunda 2 ta tayanch doktorantlarga ilmiy rahbarlik qilmoqda.
Shu bilan birga, S.I.Ismoilova institut huzuridagi Ilmiy kengashning ilmiy kotibi sifatida instutning ilmiy faoliyatida hamda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiyalar himoya qilish bo`yicha DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01 raqamli Ilmiy kengash a’zosi sifatida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etib kelmoqda.
