Gulamova Dilbar Juraevna
Tug‘ilgan sana va joyi: 1944-yil 19-aprel. Toshkent shahri
Ma’lumoti: Oliy. Gubkin nomidagi Moskva Neft va Gaz Sanoati Instituti. MDU Kimyo Fakulteti, Noorganik Kimyo Kafedrasi.
Olimaning asosiy yo‘nalishi: Quyosh texnologiyalari asosida noorganik materiallar sintezi. Yuqori o‘tkazuvchan va perovskitga o‘xshash materiallar.
Ilm-fandagi yutuqlari: Quyosh texnologiyalari yordamida xona haroratida uzoq muddat barqaror yuqori o‘tkazuvchan materiallar sintezida O‘zbekistonning jahon darajasidagi ustuvorligi tasdiqlangan.
Hozirgi loyihalar/ilmiy ishlar:
Quyosh texnologiyasi yordamida sintez qilingan materiallarning yuqori o‘tkazuvchanligini fundamental asoslash.
Biosensorlar, zilzila prognozi uchun magnit datchiklar ishlab chiqish.
Yuqori o‘tkazuvchan lentalar, xona haroratida ishlaydigan yuqori o‘tkazuvchan materialli quyosh batareyalari yaratish.
"Kristall tuzilma anizotropiyasi, teksturasi va topologiyasining quyosh energiyasi konsentratsiyasi bilan sintez qilingan qavatli materiallarning yemirilishga chidamliligi va elektro-fizik xususiyatlariga ta’siri".
Ilmiy muassasadagi jamoatchilik ishlari: Yosh olimlar bilan ilmiy seminarlar o‘tkazish.
