Gandjayeva Lola Atanazarovna
Gandjayeva Lola Atanazarovna - o‘zbek, 1983-yilda Urganch shahrida tavallud topgan.
|
2001-2005 yy. |
|
|
2005-2007 yy. |
|
|
2007-2010 yy. |
|
|
2010-2013 yy. |
|
|
2013-2014 yy. |
|
|
2014-2017 yy. |
|
|
2017-2018 yy. |
|
|
2019-2020 yy. |
|
|
2020-2021 yy. |
|
|
2022-2022 yy. |
|
|
2022 y.-h.v. |
- Xorazm Maʼmun akademiyasi Tabiiy fanlar boʻlimi boshligʻi. |
Ilmiy yo‘nalishi – oʻsimlikshunoslik va zoologiya.
L.А.Gandjayeva “Kuzgi bug‘doy navlari ekish muddati, o‘g‘it me’yorlari va sug‘orish tartiblarining hosildorlikka ta’sirini baholash” mavzusidagi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi yuzasidan tadqiqotlarini olib borgan va 2018-yilda dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. L.А.Gandjayeva “Quyi Amudaryo yarimqattiqqanotlilari (Heteroptera) faunasi, morfologiyasi va ekologik xususiyatlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya ishini 2021-yilda muddatidan oldin muvaffaqiyatli himoya qilgan va 67 mln. Soʻm pul mukofoti bilan ragʼbatlantirilgan.
L.A.Gandjayeva tomonidan Mikrobiologiya fanidan “Mikrobiologiya va virusologiyadan amaliy mashg‘ulotlar” (2006) uslubiy qo‘llanma va 94 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan 30 tasi doktorlik dissertatsiya himoyasidan keyin bajarilgan. Dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy jurnallarda 14 ta ilmiy maqola va 2 ta monografiya chop qilingan. Shundan 6 ta maqola xorijiy ilmiy jurnallarda (Scopus, Web os Science, Google Chrome) va 14 ta xorijiy hamda maxalliy ilmiy seminarlarda chop etilgan.
Shu vaqtgacha L.A.Gandjayeva “Mirzo Ulugbek” nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan 2 nafar talabaga (Allabergenova Komila Sobirjanovna, Abdullayeva Sarvinoz Ibadullayevna) va 16 nafar talabalarning bitiruv malakaviy ishlariga hamda 1 nafar magistr talabaning magistrlik ilmiy ishiga rahbarlik qilgan. Bugungi kunda L.A.Gandjayeva 2 nafar tayanch doktorantga, 1 nafar mustaqil va erkin izlanuvchiga hamda 1 nafat stayor-tadqiqotchiga ilmiy rahbarlik qilmoqda. L.A.Gandjayevaning Urganch davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya” kafedrasida va Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti “Biotexnologiya” kafedrasida umumiy ish faoliyati 16 yil, ilmiy ish faoliyati 9 yil.
L.A.Gandjayeva ish faoliyati mobaynida 2007-2013-yillar Urganch davlat universitetining TEMPUS UZWATER 530666-1-LT-TEMPUS-JPCR xalqaro loyihasida, Xorazm Ma’mun akademiyasida 5-FA-0-15516 raqamli “Termitlarga qarshi kurashda entomopatogen zamburug‘laridan em-xo‘rak sifatida foydalanish” innovatsiya loyihasida (2014-2015 yy) va FA-A9-T100 PZ-2014-0913181134 raqamli “Raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi mahalliy kuzgi bug‘doy navlarini sinash” (2015-2017 yy.), PZ-2017092435 raqamli “Xorazm viloyati sharoitida dorivor o‘simliklarni o‘stirish va ular asosida biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqish” (2018-2021 yy.) amaliy loyihasida va Xorazm Ma’mun akademiyasi IL-4821091629 shifrli “Oʻzbekistonda va Belarus Respublikasida tarqalgan shira bitlari populyatsiyalarining insektitsidlarga chidamliligini molekulyar-genetik mexanizmlari” (2022-2023 yy.) nomli O‘zbekiston-Belarus hamkorligi doirasida bajariladigan xalqaro qo’shma fundamental loyihasida etakchi ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritmoqda. U bir necha xalqaro ilmiy loyihalarda va xamkorlik memarondumlari imzolashda ishtirok etgan. L.A.Gandjayeva Germaniya, Latviya (TEMPUS – UZWATER), Ispaniya, Chexiya (ERASMUS MUNDUS CANEM), Xorvatiya (“EURO-ASIA-EACEA II”), Hindiston (ITEC), Malayziya (IsDB), Rossiya kabi rivojlangan mamlakatlarda o‘z malakasini oshirib kelgan va xalqaro anjumanlarda ishtirok etib, fanimiz yutuqlarini keng ilm ommasiga targ‘ibot qilib kelmoqda.
L.A.Gandjayeva Xorazm Ma’mun akademiyasi huzuridagi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.02/30.07.2022.V.149.01 raqamli Ilmiy Kengash a’zosi (OAK raisining 2022 yil 30 iyuldagi 350-son qarori) va PhD.02/30.07.2022.V.149.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 03.00.06-“Zoologiya”, 03.00.07-“Oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi” ixtisosliklari bo’yicha ilmiy seminar raisi (2022 yil 4 avgustdagi №01-06/1743 OAK qarori) bo’lib faoliyat yuritmoqda.
Asosiy ilmiy ishlari:
- PhD diss. mavzusi: “Kuzgi bug‘doy navlari ekish muddati, o‘g‘it me’yorlari va sug‘orish tartiblarining hosildorlikka ta’sirini baholash”, 2018 y.;
- Dokt. diss. mavzusi: “Quyi Amudaryo yarimqattiqqanotlilari (Heteroptera) faunasi, morfologiyasi va ekologik xususiyatlari”, 2021 y.;
- A zoogeographical analysis of true bugs (Insecta, Heteroptera) from Uzbekistan. Zookeys. 2023, 1163, 121-142. https://doi.org/10.3897/zookeys.1163.99414 PMID: 37261102; PMCID: PMC10227629;
- Analysis of population dynamics of the Central Asian Bugs on agricultural crops in the territory of the Lower Amudarya River (Heteroptera, Pentatomidae, Eurydema). Scientific Review. Biological Sciences, 2020, 3, 94-100. https://doi.org/10.17513/srbs.1203
- Characteristic of Identified Insect species on Cabbage in the Conditions of Khorezm Region. Scientific Review. Biological Sciences, 2020, 4, 5-11. https://doi.org/10.17513/srbs.1206;
- Climate impact on the population dynamics of Cruciferae Bugs (Heteroptera, Pentatomidae, Eurydema). EurAsian Journal of BioSciences. 2020. 14: 3349-3358. http://www.ejobios.org/download/climate-impact-on-the-population-dynamics-of-cruciferae-bugs-heteroptera-pentatomidae-eurydema-7940.pdf;
- The Social WASP Fauna of Riparian Tuqai Forest in Khorezm Region Uzbekistan (HYMENOPTERA, VESPIDAE). International Journal of Current Research and Review Vol 12, Issue 14, July 2020. -pp. 96-99. http://dx.doi.org/10.31782/IJCRR.2020.121420;
- Occurrence of the true bugs (Heteroptera) in a variety of habitats. Scientific Review. Biological Sciences, 2022, 3, 10-15. https://doi.org/10.17513/srbs.1277;
- First record of Halyomorpha halys (Heteroptera: Pentatomidae) from Uzbekistan. Zoosystematica Rossica, 2022, 31(2), 329-331. https://doi.org/10.31610/zsr/2022.31.2.329;
- Comparison of Two Different CEC Determination Methods Regarding the Soil Properties. Agriculturae Conspectus Scientificus, Croatia, Vol 84, No 2, 2019. -p.151-158. https://acs.agr.hr/acs/index.php/acs/article/view/1560;
- Effect of sowing date on yield of winter wheat cultivars Grom, Asr and Kuma in Khorezm region. Bulgarian Journal of Agricultural Science, 2019, 25(3), 474-479. https://www.agrojournal.org/25/03-07.pdf.
