Filatova Albina Vasilevna
Tugʻulgan joyi va yili: 5.01.1964 y., Toshkent shahri
Oliy. Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan, kimyogar-texnolog.
Bioorganik kimyo, o‘simlik moddalari kimyosi, farmatsevtika
Kimyo fanlari doktori. Tabiiy va sintetik polimerlarning struktura hosil qilish jarayonlari o‘rganilgan, strukturali makromolekulyar moddalarning tuzilishi, xossalari, biologik faolligining o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan. Strukturalashtirilgan polimerlar asosida ultratovush diagnostikasi uchun kontakt muhit - Polijel, Polijel Ultra, yara bitkazuvchi preparat - Timogel, zamburug‘li infeksiya bilan asoratlangan allergiyani davolash uchun kombinatsiyalangan preparat - "Fludigel" yaratilgan. Maxsar po‘stlog‘idan polisaxaridlar va melanin polisaxarid kompleksi ajratib olingan bo‘lib, ularning tuzilishi zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida aniqlangan. Ajratib olingan birikmalar antiradikal, antioksidant va gepatoprotektor faolliklarga ega ekanligi aniqlandi. Ushbu tadqiqotlar asosida bir nechta grantlar (amaliy, innovatsion, yoshlar, ayollar) olingan.
Polijel, Polijel Ultra, Timogel preparatlariga me’yoriy-texnik hujjatlar ishlab chiqilgan. Ishlab chiqilgan preparatlar O‘zR SSV Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan. Polijel Ultra va "Timogel" preparatlari litsenziya shartnomasi asosida "Torimed farm" MCHJga ishlab chiqarish uchun topshirildi. 10 ta ixtiro va 1 ta foydali modelga patent olingan.
Hozirgi kunda AL-782-3051380 "Antioksidant, fotoprotektor ta’sirga ega bo‘lgan kashtan po‘stlog‘idan melanin olish texnologiyasini ishlab chiqish" loyihasi bilan shug‘ullanadi. Melanin asosida fotodermatozlarni davolash uchun fotoprotektor gel yaratish mumkin. Hozirgi vaqtda stomatologiyada qo‘llaniladigan implantning ichki interfeysini germetizatsiya qilish uchun tibbiy buyum ishlab chiqilmoqda. Klinik oldi sinovlari o‘tkaziladi va ushbu mahsulot uchun grant rasmiylashtiriladi. Vitiligoni davolash uchun faol ingridiyentli yumshoq dori shakli ishlab chiqilmoqda, ularning faolligini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
1 ta nomzodlik (PhD) dissertatsiyasining ilmiy maslahatchisi hisoblanadi. N-indeks-4, (Scopus), Scopus va Web of Science platformalaridagi jurnallarda 60 dan ortiq maqolalar chop etilgan.
U "VODA: XIMIYA I EKOLOGIYA" ilmiy jurnalining (ISSN bosma versiyasi: 2072-8158) tahrir hay’ati a’zosi, Rossiya.
